O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
O‘zgidromet 7-9 iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 8 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 9 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 7 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8-9 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 9 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 7 iyunda 25-30 daraja, 8-9 iyunda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 9 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 7 iyunda 25-30 daraja, 8-9 iyunda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 9 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 7 va 9 iyunda 30-35 daraja, 8 iyunda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 7 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8-9 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 9 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 7 va 9 iyunda 30-35 daraja, 8 iyunda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 7 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8-9 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 iyunda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 8-9 iyunda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 7 iyunda ba’zi jylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 7 iyunda 15-20 daraja, 8-9 iyunda 17-22 daraja issiq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning iyun oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida xabar berilgandi.