AQShdagi Livermor milliy laboratoriyasi olimlari jahonda ilk marotaba ijobiy energiya ishlab chiqaruvchi boshqariladigan termoyadro reaksiyasini amalga oshirdi. Bu boshqariladigan termoyadroviy sintez sari tashlangan salmoqli qadamdir. Termoyadroviy sintez kelajakda arzon va ekologik toza energetikaning asosiga aylanishi mumkin.
Olimlar termoyadroviy sintez uskunalari yuzasidan ilmiy jarayonni 1950 yillardan boshlashgan. Klassik yadroviy reaktorlarda energiya ishlab chiqarish uchun parchalanish reaksiyasidan foydalaniladi. Buning natijasida og’ir atom yadrolaridan yengilroq elementlar paydo bo’ladi. Termoyadro uskunalarida esa buning aksi bo’lishi lozim, ya’ni yengil zarralardan og’ir atom yadrolari sintez qilinadi.
Bunday reaksiya yulduzlarda yuz beradigan jarayonga o’xshaydi va kelajakda deyarli cheklanmagan energiya olish imkoniyatini yaratadi.
Eksperimental termoyadro uskunalari ishlab chiqarayotganidan ko’proq energiya sarflaydi. Livermor olimlari ilk marotaba foydalanganidan ko’ra ko’proq energiya ishlab chiqishga muvaffaq bo’ldi.