Argentina Xorvatiyani yirik hisobda yengib finalga yo'l oldi, Messida gol+assist, Alvaresda dubl

2022 yilgi jahon chempionatida dastlabki finalchi aniqlandi.

Birinchi yarimfinalda Argentina Xorvatiya bilan to’qnash kelib, raqib darvozasiga javobsiz 3ta to’p kiritdi. Messi hisobni ochgan bo’lsa, Alvares dublga erishdi.

Leo ajoyib reydi orqali assistni ham o’z hisobiga yozdirib qo’ydi va ushbu mundialda gol+paslar soni bo’yicha Fransiya hujumchisi Kilian Mbappeni (7) ortda qoldirib, peshqadamga aylandi — 8. To’purarlar poygasida esa ikkala futbolchida ham gollar soni tenglashdi — 5.

Argentinaning finaldagi raqibi 14 dekabr oqshomidagi Fransiya-Marokash bahsida aniqlanadi. Final 18 dekabr kuni bo’lib o’tadi.

JCh-2022. Yarimfinal

Argentina — Xorvatiya 3:0

13 dekabr, «Lusail»

Gollar: Messi (34, penalti), Alvares (39, 69).

Argentina – Emiliano Martines, Molina (Foyt, 86), Otamendi, Romero, Talyafiko, De Paul (Palasios, 74), Mak Allister (Korrea, 86), Paredes (Lisandro Martines, 62), Fernandes, Messi, Alvares (Dibala, 74).

Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa (Orshich, 46), Modrich (Maer, 81), Kovachich, Brozovich (Petkovich, 50), Perishich, Pashalich (Vlashich, 46), Kramarich (Livaya, 72).

Ogohlantirishlar: Livakovich (32), Kovachich (32), Romero (68), Otamendi (71).