Aleksandr Lukashenko: «O'zbeklarning mehmondo'stligiga tan beraman»

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko MDH sammiti haqida fikr bildirdi.

«O’zbekistonni Hamdo’stlikka raislik qilayotgan davlat sifatida faol va samarali ishlari uchun bizning raisimiz Shavkat Miromonovichga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Bunday favqulodda vaziyatlar sharoitida o’z vazifalarini bajargan o’zbek do’stlarimizning professionalligiga tan beraman», dedi u.