North American Car and Truck of the Year tanlovining ekspertlar hay’ati qisqa ro’yxatdan o’rin olgan modellar nomini e’lon qildi. Asosiy mukofotga Osiyoning uchta avtomobili — Genesis G80, Hyundai Elantra va Nissan Sentra kurashmoqda, deb xabar beradi Motor.
«Shimoliy Amerikadagi eng yaxshi utilitar avtomobil» yo’nalishi bo’yicha finalga Ford Mustang Mach-E, Genesis GV80 va Land Rover Defender chiqqan, yilning eng yaxshi yuk mashinasiga esa faqat Amerika modellar kurashmoqda: Ford F-150, Jeep Gladiator Mojave va Ram 1500 TRX.
G’oliblar tarkibidan avtomobil jurnalistlari o’rin olgan hay’at tomonidan aniqlanadi. Tanlov 2021 yilning boshida tugaydi, natijalar esa 11 yanvar kuni e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda Shimoliy Amerikaning eng yaxshi avtomobili nomiga Corvette Stingray C8 ega bo’lgandi.