Shifokor Sherali Sunnatullayev:
– Yalpiz uzoq vaqt davomida tibbiyotda ovqat hazm qilish kasalliklarini davolash, bosh og’rig’i, yo’g’on ichakning spazmlarini yo’qotish uchun ishlatilgan.
– Shuningdek, ushbu o’simlik tarkibida tananing qarishini sekinlashtirishga yordam beradigan fitonsidlar mavjud. Limonen moddasi antioksidant va saratonga qarshi xususiyatlarga ega, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi.
-Bundan tashqari, yalpiz ozishni xohlaydigan odamlarga yordam beradi. Ishtahani kamaytirish uchun o’simlikning bir novdasini chaynash kerak.
«Sog’lom hayot»
Izohlarni ko`rish