Ronalduning «An-Nasr»da oladigan maoshi ham ommaga oshkor bo'ldi

«An-Nasr» klubida hujumchi Krishtianu Ronaldu qancha maosh olishi ma’lum bo’ldi.

CBC Sport xabariga ko’ra, 37 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni jamoasi bilan yiliga 75 million dollarlik shartnoma imzolagan. Ronaldu allaqachon tibbiy ko’rikning bir qismidan o’tgan va keyingi haftada ikkinchi testlar to’plamini o’tkazadi.

Shuningdek, “An-Nasr” portugaliyalik bilan shartnoma imzolaganini shanba kungi “Al-Halij”ga qarshi safar o’yinidan so’ng rasman e’lon qilishi qayd etilgan.

Avvalroq “Al Arabiya” telekanali Ronaldu “An-Nasr” bilan ikki mavsumga shartnoma imzolagani haqida xabar bergandi.

Forvard 2022 yilning 22 noyabridan beri erkin agent hisoblanadi. Ronalduning so’nggi jamoasi «Manchester Yunayted» bo’lib, u jurnalist Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyudan so’ng uni tark etdi.