Yahudiylarning popugini pasaytirgan Shayx Sha'roviy rahimahulloh

Shayx Sha’roviy rahimahulloh Vaqf ishlari vaziri bo’lganlarida 1976 yili Londonda o’tkaziladigan dinlar masalasidagi konferensiyada ishtirok etish uchun Angliyaga safar qiladilar.

Bosib olingan Falastindan konferensiyaga kelgan va Sha’roviyning ilmiy salohiyatini bilgan yahudiy ahborlari u kishi bilan bahs-munozara qilmoqchi bo’lganlarida, Shayx Sha’roviy rahimahulloh bu taklifga rozi bo’ladilar.
Yahudiylar u kishiga savol bera boshlashadi: «Alloh biz yahudiylarga ko’p Payg’ambarlar va Rasullar yuborish bilan bizni sizlardan afzal qildi. Ammo siz musulmonlarga esa birgina Rasul — Muhammadni yuborgan. Shu holatni bizga izohlab bering».
Shayx Sha’roviy rahimahulloh ularga shunday javob beradilar: «Payg’ambarlarning bir xalqqa ko’p yuborilishi o’sha xalqning qalblarida illat va kasalliklar ko’p ekaniga dalolat qiladi».
Yahudiylar yana savol berishadi: «Qur’onning rostligiga, u Allohning huzuridan nozil qilingan kitob ekanligiga, uni Muhammad o’zi yozmaganligiga dalil nima?»
Shayx Sha’roviy rahimahulloh: «Qur’oni Karimdagi birgina oyat u Allohning huzuridan nozil qilingan haq kitob ekanini hamda Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Robbisidan yetkazgan narsalarda rostgo’y ekanliklarini isbotlaydi. O’sha oyat siz haqingizda hikoya qiladi, sizlar uni bilmaysizlarmi, ey yahudiylar jamoasi?!» deb so’raydilar. Ular «Yo’q, u oyatni bilmaymiz» deyishadi.
Shunda Shayx Sha’roviy rahimahulloh shunday javob beradilar: «Haq taboroka va taolo yahudiylarga xitob qilib shunday degan: «Bas, oxirat va’dasi kelgan chog’ida hammangizni to’plab keltirurmiz». (Isro surasi, 104-oyat).
Sizlar yer yuzida tarqoq bo’lib yurgandingiz. Alloh sizlarni Falastin hududiga to’pladi. Sizlar esa yer yuzining turli burchaklarida sochilib yurganingizdan keyin Falastinni yolg’on va bo’hton yo’llar bilan tortib, bosib oldingiz».
Yahudiy ahborlari Sha’roviy rahimahullohning kuchli javobidan, u kishining salobatidan, so’zlarining o’ta nozik va aniqligidan hamda ilmining ko’pligidan hayratda qolishadi. Tortishuvni oxirigacha yetkazmay, odatlariga ko’ra sovuqqina tirjayishdi. Odatda biror olim ularga o’z o’rnilarini va haddilarini ko’rsatib qo’ysa, shunday tirjayishardi.
Keyin ular ulug’ olimni Londondagi hashamatli restoranlardan biriga, kechki ovqatga taklif qilishadi. Shayx Sha’roviy rahimahulloh tabassum qilgan holda «Xaybarlik kampir* bizga sizlarning taomingizga ishonmaslikni o’rgatgan» deb ularning taklifini rad etdilar.
*Xaybar g’azotidan so’ng Zaynab bint Horis ismli yahudiya kampir Nabiy sollallohu alayhi vasallamga zaxarlangan qo’y go’shti berib, zaxarlamoqchi bo’lgan.

 

Manba: @etnosuz