Erkak buzilgani — oila buzilgani, ayol buzilgani — butun xalq buzilgani

Qadimgi kavkaz xalqining shunday rivoyati bor:

Bir kun bir guruh kavkaz oqsoqollari o’tirishganida yonlaridan o’n besh yoshlardagi bir qiz o’tib ketayotgan bo’ladi. Go’zal qiz ularga xushmuomalalik bilan salom beradi va kulrang soqolli chollar javob sifatida boshlarini chayqaydilar. Oqsoqollardan biri qizga hurmat belgisi sifatida o’rnidan turadi. Tabiiyki, bu holat boshqalarni hayratga soladi, chunki ularning odati bo’yicha hurmatli oqsoqol qizga turib alik olmasligi kerak edi.

Buni sezgan boyagi oqsoqol holatni quyidagicha tushuntirdi: «Men nafaqat yosh qiz bilan salomlashdim, bulki uning yuzida kelajakdagi onani ko’raman. Bu uning uyidan qaysi nasl bilan tark etishiga va bizning jamiyatimizda qanday o’rin egallashiga bog’liq bo’ladi. Qizning oilani qanday boshqarishi, bolalarni qanday tarbiyalashi — bu bizning unga bo’lgan munosabatimizga bog’liq. »

Kavkazda shunday naql bor: «Erkak buzilgani — oila buzilgani, ayol buzilgani — butun xalq buzilgani».

“Bunga hamma qo’shilsa kerak-a? Chunki ta’lim ayolga bog’liq. Kelajakdagi prezidentlar va olimlarni,
mutafakkirlarni va yozuvchilarni, umuman, barcha odamlarni dastlab bu dunyoga ayol keltiradi.

Bolaligimizda birinchi his qilgan tuyg’umiz — bu onaga bo’lgan muhabbat. U orqali boshqalarni sevishni, dunyoni his qilishni va tushunishni o’rganamiz…” deydi va joyiga qayta o’tiradi.

Ha ayol har qanday jamiyaning ustuni. Ayollarni asrash va e’zozlash esa hamma erkakning burchi!

 

Manba: @etnosuz