XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

BEDANA TUXUMI HAQIDA HAQIQATLAR

 

1. Bedana tuxumi allergiya chaqirmaydi. Uning oqi aksincha allergiyaga qarshi dorilar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.

2. Bedana tuxumi hech qachon sifatini yo’qotmaydi. Bunga tuxum tarkibidagi lizotsim aminokislotasi sababchidir. Shuning uchun bedana tuxumini xona haroratida saqlasa bo’laveradi. Bundan tashqari, aminokislota saraton to’qimalariga qarshi kurashda ham muhim ahamiyatga ega.

3. Bedana tovuqlar va shu kabi parrandalarga xos xastalik bilan hech qachon og’rimaydi. Shundan kelib chiqib uning tuxumini xom holatda iste’mol qilsa ham bo’ladi. Bedana tuxumining xom holatdagisi infarktdan keyin organizmni qayta tiklash uchun foydali hisoblanadi.

4. Bedana tuxumi buyrakdagi toshlarni eritadi, siqib chiqaradi, jigar, o’t qopiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, pushtsizlik, shaytonlash, allergik xastaliklarga kurashda asqotadi. Qolaversa, bedana tuxumi homilador ayollar uchun ham foydali. Uni boshqorong’ilik paytida iste’mol qilinsa, ushbu yoqimsiz jarayon tezroq o’tib ketadi. Organizm vitaminlar bilan to’yinadi. Tug’ruqdan keyin ona suti miqdorini oshiradi.

5. Bedana tuxumi xotirani, asab tizimini mustahkamlaydi. Ko’zlarning ko’rish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bola organizmi yaxshi rivojlanadi, kam kasalga chalinadi.

6. Bedana tuxumi tarkibida umuman xolesterin yo’q. U qonni tozalaydi, qon bosimini me’yorda ushlab turadi. Gemoglabinni oshiradi. Yuz terisini mustahkamlaydi. Bolalar aqlan va jismonan taraqqiy eta borishini ta’minlaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…