image0

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,17 so‘mga balandladi va 12 790,43 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 86,40 so‘mga yuqoriladi va 14 486,44 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli esa 0,03 so‘mga tushib, 162,60 so‘mni tashkil etdi.