* * *
Erkak daryoda oltin baliq tutib oldi va dedi:
— Oltin baliqcha, meni mashhur odamga aylantirib qo’y!
— Gap yo’q! Seni yangi, umuman davolab bo’lmaydigan kasalga chalintiraman!
* * *
— Uchinchi avlod avtomobili nima?
— Bu oldingi ikki avlod sotib olish uchun pul to’plagan mashinadir.
* * *
O’g’ri sherigidan so’radi:
— Bugun restoranda tushlik qildingmi deyman?
— Sen qaerdan bila qolding?
— Yangi palto kiyib olibsan-ku!
* * *
— Jonim, 8 martda senga nima sovg’a qilay?
— Voy… O’ylab ko’rmabman…
— Mayli, o’ylab ko’rishing uchun yana bir yil muddat beraman.
* * *
Reklamadan:
— Men sizning kir yuvish mashinangizni ta’mirlashga olib ketaman.
— Ie… Men-chi?
— Siz ta’mirga muhtoj emassiz.
* * *
Topishmoq.
— Buvisidan ketdi, bobosidan ketdi. Nima?
— Bo’g’irsoq.
— Yo’q, xotira.
* * *
Tish do’xtiri bemorga dedi:
— Bemor, mana sizning tishingiz. Qabul qilib oling!
Bemor:
— Mana, siz ham kursingizning tutqichini qabul qilib oling!
* * *
Bir pashsha boshqa pashshadan so’radi:
— Kechirasiz, manavi kursi bo’shmi?
* * *
Yigit qizga dedi:
— Jonim, agar menga turmushga chiqmasang, o’zimni soat kechki sakkizda jo’naydigan poezdning ostiga tashlayman!
— Voy, o’sha poezdingizga ayting, soat o’ngacha ketmay tursin! Men o’ylab olishim kerak, axir!
* * *
— Og’ayni, nega to’ylarga umuman bormaysan? Faqat ta’ziyalarga tashrif buyurasan?
— Chunki, ta’ziyada: «Sizniki qachon?» deb so’rashmaydi.