XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

1. Qisqichbaqaning yuragi boshida bo’ladi.

2. Cho’chqa hech qachon osmonga qaray olmaydi.

3. Ot va kalamushning hech qachon ko’ngli aynimaydi.

4. Timsoh ovqatni chaynay olmaydi, tilini ham harakatga keltira bilmaydi.

5. Tuyaqush otdan ham tezroq yugurib, sherdek na’ra tortishni qoyillatadi.

6. Akula dunyodagi saraton xastaligi yaqinlasha olmaydigan yagona jonivordir.

7. Gorilla sutkasiga 14 soat uxlaydi.

8. Itning ko’rish qobiliyati odamnikidan yuqori, ammo u ranglarni bir-biridan ajrata olmaydi.

9. Farzandli bo’lishga qarshi dorilar odamga qanday ta’sir o’tkazsa, gorillaga ham xuddi shunday ta’sir qiladi.

10. Dunyoda oltin qurbaqalar ham bor. Faqat ular kamchilikni tashkil etadi va alohida qo’riqxonada saqlanadi.

11. Kalamush tuyadan ham ko’proq vaqt suv ichmasdan yashay oladi.

12. Xitoyliklarning gapiga qaraganda, qo’ng’izning mazasi olmaning, ariniki kedr yong’og’ining, qurt esa ingichka qilib to’g’rab qovurilgan mol go’shti mazasini berarkan.

13. Tipratikonning yuragi bir daqiqada 300 marta uradi.

14. Tuyaning kipriklari uch qator bo’ladi. Ular jonivorni sahrodagi to’zonlardan asraydi.

15. Eshakning ko’zlari shunday joylashganki, bir vaqtning o’zida to’rtala oyog’ini ham ko’ra oladi.

16. Tovuq uchsa, parvozi atigi 13 soniyagina davom etadi.

17. Jirafning tili 50 santimetrga teng. Shuning uchun tili bilan quloqlarini bemalol tozalay oladi.

18. Tuyaqushning ko’zlari miyasidan ham kattaroq.

19. Xameleon ko’r bo’lib qolgan taqdirda ham rangini atrof-muhitdagi vaziyatlarga qarab o’zgartirish imkoniga ega bo’ladi.

20. Oq ayiqlarning barchasi chapaqay.

21. Chaqadigan oq pashshaning 47 ta tishi bor.

22. Otning jinsini tishlariga qarab aniqlash mumkin. Urg’ochisida 40 ta, erkagida 36 ta tish bo’ladi.

23. Urg’ochi filning homiladorlik davri 2 yil davom etadi.

24. Tovuqni chalqancha yotqizib qo’yilsa, donni yuta olmaydi.

25. Pingvin yuqoriga bemalol sakray oladigan yagona qush turidir.

26. Mushuklar bundan 7 ming yil avval uy hayvoniga aylangan.

27. Qurbaqaning g’alati bir turi bor. Uni «Qurbaqa-rogatka» deb nomlashgan. Shu qurbaqaning g’azabini qo’zg’asangiz, ko’zlaridan qon ota boshlaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi