* * *
O’tmishdan faqat unga o’z aqlini, nomusini va vijdonini bag’ishlamaganlargina qo’rqishmaydi.
* * *
Agar daho hali qo’lga tushmagan va tan olinmagan bo’lsa, demak, u hali tirik.
* * *
Sklerozning eng og’ir formasi begona ayolni uyingga olib kelding-u, nima maqsadda olib kelganingni unutib qo’yishdan iboratdir.
* * *
Birga yashaganlariga 75 yil to’lishi munosabati bilan bayram qilayotgan chol kampiridan so’radi:
— Menga qara, 75 yil ichida biz sen bilan o’n o’g’ilni voyaga yetkazdik. Hammasi bir-biriga o’xshaydi-yu, faqat birinchisi boshqalaridan sal farq qiladi-da! Yo qachonlardir menga xiyonat qilganmisan-a?
— Chol, tan olaman, qachonlardir gunohga botganman.
— Xo’sh, birinchi o’g’lingning otasi kim?
— Siz.
* * *
G’arb mamlakatlaridan birida yashovchi erkak bir yigitni vrachga olib keldi.
— Do’xtir, yordam bering! Men kuyovimning oyog’idan otib qo’ydim!
— Ie, odam ham o’z kuyovini otarkanmi?
— Men otayotganimda hali u kuyov bo’lishga rozilik bermagandi-da!
* * *
— Oyi, oyi!..
— Bas qil!
— Oyijon!
— Nima deysan?
— Hojatxonaga chiqib kelsam maylimi?
— Darsingni tayyorlab bo’ldingmi?
* * *
Kelin dugonasiga dedi:
— Qaynonam dunyoda eng bebaho ayol. Faqat bir kamchiligi bor-da!
— Qanday kamchilik?
— Nafas oladi.
* * *
Boyvachchaning xotini eriga dedi:
— Dadasi, men sizning eski, yirtilib qolgan kostyumingizni axlatga tashlab yubordim!
— Nima?.. Jinnimisan? Endi soliq idorasiga nima kiyib boraman?
* * *
— Dugonajon, sevgi deganda nimani tushunasan?
— E, buni erkaklar ayolga pul sarflamaslik uchun o’ylab topishgan.
* * *
Teleboshlovchi e’lon qildi:
— Omon bo’ling, aziz teletomoshabin! Endi yarim tunda odatimizga ko’ra sizning xonadoningizda uchrashamiz!
Shunda televizor qarshisida o’tirgan erkak o’zicha g’udranib qo’ydi:
— Voy-bo’, shu gapingga ishondim-a? Mana shu birinchi kanaldagilarning yolg’on gapiraverishi jonga tegdi-da!