XUDOLARGA SIG’INMAY, DARAXTGA AYLANGAN O’SMIR
Afrika qit’asidagi Sahroi Kabirning bir qismi hisoblangan Tenere sahrosi 400 000 kilometrlarga cho’zilib ketgan. Bu sahroda giyoh o’smaydi. Ammo o’rtasida bir dona akatsiya daraxti qad rostlagan. Uni yer yuzida yolg’iz daraxt sifatida qadrlashadi. Tarixiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, bu yolg’iz daraxt 300 yil oldin paydo bo’lgan ekan.
Shuncha yildan beri akatsiya o’tkinchi karvonlarning jannatiga aylangan. Odamlar shu yerga kelganda to’xtab, akatsiyaning soyasida hordiq chiqarishgan, nafas rostlashgan. Daraxtning yonginasida ikkita quduq ham bo’lgan. Ular to’xtab, daraxt soyasida o’tirgancha quduq suvidan ichib tashnalikni qondirishgan.
Sahroga yaqin manzillarda yashovchilarning yolg’iz daraxt haqida o’z taxminlari bor. Taxmin qilishlaricha, qachonlardir bir o’smir chaqmoq va momoqaldiroq xudosiga sig’inishdan, ularning sharafiga qurbonlik keltirishdan bosh tortgan. Shunda xudolarning g’azabi qo’zg’ab, o’smirni daraxtga aylantirib qo’ygan ekan.
Mahalliy ahvoli vakillari ilgari yolg’iz daraxt bo’lmish akatsiyani qattiq turib himoya qilishardi. Uning bir dona novdasini sindirishga ham ruxsat berishmasdi. Lekin sahrodagi bo’ronlar bunday taqiqlovlarni tan olmaydi. Yolg’iz daraxtning tanasi kunlarning birida kuchli bo’ron ta’sirida darz ketgan. Lekin shunga qaramay, akatsiya o’tkinchi karvonlarning soyasida dam olib jon saqlashlarini ta’minlashda davom etgan. Nadomatlar bo’lsinki, 1973 yili mast holda yuk mashinasi ruliga o’tirgan haydovchi katta tezlikda kelib avtomobilni shu daraxtga urgan.. Shuning bilan yolg’iz daraxt nobud bo’lgan. Mutasaddilar akatsiyaning tanasini Niger davlati poytaxti Niamey shahriga olib borib muzeyga qo’yishgan. Daraxt qad rostlab 300 yil yashay olgan joyga esa metalldan yodgorlik o’rnatishgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi