* * *
Ota o’g’liga maslahat beryapti:
— Bilib qo’y, hamma qizlar ham birinchi ko’rishdayoq sevib qolish degan gapga ishonavermaydi.
— Nega?
— Chunki, bir ko’rishda erkakning qancha maosh olishini aniqlab bo’lmaydi.
* * *
— Odamga do’zax nima ekanini tushuntirmoqchi bo’lsangiz, suv qaynab turgan qozonlar haqida gapirib o’tirmang.
— Nima haqida gapiray?
— Tish do’xtiridan gap oching, darrov tushunib olishadi.
* * *
E’LON:
«Talabalar oilasi zudlik bilan ishlatilgan, yaxshi holatdagi muzlatkich sotib oladi. Bo’m-bo’shini taklif etmang!»
* * *
Kompyuterchi yigit jonivorlarni sevardi. Bir kuni sevgan qizini uyiga olib kelib xonadoni bilan tanishtiryapti:
— Manavi uychada itim yashaydi. Mana bu qafasda to’ti yashaydi…
Oxirida disketni qo’liga oldi-da, dedi:
— Bu yerda esa viruslarim istiqomat qilishadi.
* * *
— Kechirasiz, bankingiz va’da evaziga kredit bera oladimi?
— Ha.
— Qaytarmasdan qochib ketsam-chi?
— Xudoning o’zi jazo beradi sizga.
— Qachon?
— Mana, kelasi oyning uchinchi sanasida qaytarmasangiz, ertasigayoq Yaratganning huzurida hozir bo’lasiz.
* * *
Teatr yechinish xonasida.
— Sizga durbin kerakmi?
— Yo’q, mening ko’zoynagim bor.
* * *
Muxbir militsionerdan so’radi:
— Nega tayoqchangizga oq va qora yo’llar chizib qo’yilgan?
— Haydovchilardayam har doim naqd pul bo’lmaydi-ku!
* * *
Maksim Galkin Filipp Kirkorovdan so’radi:
— Seni parodiya qilsam maylimi?
— Agar Alla Pugachyova qarshi bo’lmasa, bemalol uylanaver!
* * *
Lofchi ovchilar suhbatidan:
— Mana shu pichoqni barmoqlarimga yaqin olib kelsam bas, qon tirqirab oqa boshlaydi.
— E, manavi to’pponcham yigirma chaqirim naridagi nishonni ura oladi.
— Mening itim zo’r! Idishdagi sutga suv aralashtirib qo’ysam, sutni ichadi-yu, suvni idishda qoldiradi.
* * *
— Ergashoy, qachon rashk qilishni yig’ishtirasan-a? Jonga tegib ketdi-ku!.. —
— Nima?.. Yana meni Ergashoy deb chaqiryapsizmi?..