XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

KO’RShAPALAK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Ko’rshapalak sut emizuvchilar orasida uchadigan yagona vakil hisoblanadi.

2. Ularning o’z nomi o’zi bilan. Ko’zlari ko’rmaydi. Tungi hayot tarzini kechiradi. Harakatlanganda, manzilni organizmi tarqatadigan ultratovushlar yordamida aniqlay boradi.

3. Ko’rshapalaklarning uchta turi vampirlar hisoblanadi. Ular o’ljasining qaynoq qoni bilan oziqlanadi. Ammo ko’rshapalaklar odamga kamdan kam hollarda hujum qiladi.

4. Ko’rshapalak xavfli xastaliklar virusini tashishga ham usta. Ana shunday vaziyatlarda odamga hujum qilib uni tishlab qochishi mumkin. Tishlagan zahoti olib kelgan virusi odamga yuqadi.

5. Aytishlaricha, ko’rshapalaklarning vatani Markaziy va Janubiy Amerika hisoblanadi. Ular ekinlarga hujum qiladigan qumursqalarni yeyish orqali fermerlarga milliardlab dollarlarni iqtisod qilishda yordam berarkan.

6. Ko’rshapalakning shunday mayda turi borki, ularning vazni atigi 10 grammga teng bo’ladi.

7. Ko’rshapalak uchun yerdan yuqoriga ko’tarilib uchish juda og’ir kechadi. Shu sababli ular daraxtlar usti, yoki tashlandiq imoratlarning shiftlarida yashaydi.

8. Xitoyda ko’rshapalak baxt va omad elchisi sifatida qadrlanadi.

9. Ko’rshapalak oliftalikda kalamushdan ham o’tib tushadi. Masalan, qanotlari kirlangan bo’lsa, to tozalab bitirmaguncha parvoz qilmaydi.

10. Har bir ko’rshapalak galasining o’z jo’raboshisi bor. Aynan u qaerga parvoz qilish masalasini hal qiladi. Qolganlar unga albatta itoat etadi.

11. Ko’rshapalak bir harakat bilan 500-600 tagacha qumursqani yeb bitira oladi.

12. Ko’rshapalaklarning galasi ko’p hollarda 1 milliontadan iborat bo’ladi.

13. Ko’rshapalaklar boshi yerga osilgan holda uxlaydi. Qanotidan ko’rpa o’rnida foydalanadi.

14. Braziliyada yashovchi ko’rshapalakning alohida turi soatiga 100 kilometr tezlikda uchadi. U nafaqat qumursqa, balki ayrim maydaroq hayvonlar, qushlar bilan ham oziqlanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…