XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

EKSTRASENSLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. XVI asrda yashagan Paratsels ham bemorlarni noan’anaviy usullar yordamida davolagan. U hatto saratonni ham magnit yordamida davolasa bo’ladi deb hisoblagan.

2. Sobiq sovetlar davrida Roza Kuleshova mashhur ekstrasens hisoblangan. U ko’rlar alfavitini o’qishni o’rganib olgach, odatiy kitoblarni ham shu yo’l bilan o’qishga harakat qilgan. Harakati zoe ketmagan. Bu san’atni shu qadar chuqur o’zlashtirganki, ko’zlarini yumgan holda kitobga qo’l tekkizmasdan turib ham o’qiy olgan. Ammo uni 38 yoshida jodugarlikda ayblab zaharlab o’ldirishgan.

3. Sobiq sovetlar davrida yana bir ekstrasens yashagan. U Ninel Kulagina edi. Ekstrasens u qadar katta bo’lmagan kiyimlarni qo’l tekkizmay turib joyidan jildira olgan. Qurbaqaning yuragini ma’lum masofadan turib to’xtatishda, orqasidagi harf va sonlarni qaramasdan aytib bera olishda tengsiz bo’lgan. Bundan tashqari, o’z arterial qon bosimini sun’iy ravishda, tashqi ta’sirlarsiz 200/230 gacha ko’tara olgan. Bir gal sal qursa komaga tushib qolayozgan.

4. Arvohlar bilan gaplashish qadimdan mavjud. Uni ilmiy tilda spiritizm deb atashadi. Qadimda bu jodu turi bilan shug’ullanganlar millionlab odamlarning miyasini zaharlab kelgan. Uni dunyo bo’yicha targ’ibot qilishgan. Aslida ular firibgarlar bo’lib, shu yo’l bilan katta boylik to’plashgan.

5. 1876 yili angliyalik fizik Uilyam Barret xayolni xayol yordamida boshqa odamga yetkazish xususida ilmish ish olib bordi. Hatto, shu mavzuda doklad yozib hamkasblarga o’qib berdi. Biroq hamkasblarning tanqidiga uchradi. Olim baribir o’z ishidan voz kechmadi. Qarangki, o’limidan so’ng rafiqasi tushida marhum eridan xabarlarni qabul qilib ola boshladi.

6. O’tgan asrning yetmishinchi yillarida Uri Geller ismli parapsixolog odamlarni o’zidagi sirli iste’doddan ogoh etdi. U xayol kuchi yordamida temir qoshiqlarni buka olish, suratlarni boshqa qog’ozga ko’chira olishini barchaga namoyish eta boshladi. Biroq oradan ma’lum vaqt o’tib siri oshkor bo’ldi. Ma’lum bo’ldiki, u buka olgan qoshiqlar temir emas, aslida o’ta yumshoq matodan tayyorlangan ekan. Suratlarni esa hech kimga sezdirmay oldin ko’rib olarkan.

7. Sobiq sovetlar davrida Juna Davitashvili mashhur ekstrasens hisoblangan. U tananing alohida qismlaridagi haroratni masofadan turib ko’tara olardi. Tana haroratini boshqa bir tanaga yana masofadan turib o’tkazardi. Shuning yordamida u bemorlarni qiynayotgan og’riqlarga vaqtincha barham berardi. Hatto, Brejnevdan tortib boshqa ko’zga ko’ringan shaxslar uning qabuliga shoshilardi. Bundan tashqari, Juna suratga qarab tashhis qo’yish, kelajakni bashorat qilishda ham tengsiz edi. Brejnev shaxsan Junani bir necha marta yuksak mukofotlarga loyiq topgani ham fakt.

Olimjon HAYIT tayyorladi