1998 yil Xitoyda haftasiga o'rtacha 34 ta odam har xil turdagi jinoyatlar uchun qatl qilingan

1. Keniya aholisining yarmidan ko’pi 15 yoshgacha bo’lgan yoshlar hisoblanadi. Keniya aholisining o’rtacha yashash umri juda past.

2. 1 litr Coca-Cola tayyorlash uchun 2,7 litr toza suv sarf bo’ladi.

3. Misrda har 200 yilda atiga bir marta momaqaldiroqlar uchrab turadi.

4. XX asrgacha Shvetsiya aholisi familiyaga ega bo’lishmagan. 1901 yilda «familiyaga ega ism» bo’lishi kerak deb ta’riflangan qonun chiqarilgan.

5. Saudiya Arabistoniga kiritilgan narkotik uchun xalq oldida jinoyatchining boshini tanasidan judo qilishadi.

6. 13 yoshli Lionel Messi 2000 yil «Barselona» bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga uchib kelgan.

7. Miya ma’lumotlarni eng yaxshi eslab qoladigan vaqt ertalabgi 5 dan 7 gacha bo’lgan vaqt oralig’idir.

8. Gripp kasalligidan AQShda yiliga naqd 35000 kishi vafot etadi. Oddiy gripp biz o’ylaganchalik oddiy emas.

9. 60 yoshga yetganda inson ta’m bilish qobiliyatining yarmini yuqotadi.

10. Norvegiyada o’rmonlardagi daraxtlarni kesish mutlaqo taqiqlangan. Ular yog’ochni tabiatiga uncha ham e’tibor bermaydigan davlatlardan sotib olishadi.

11. Inson xurrak otayotgan vaqtda tush ko’rmaydi.

12. Har kuni amerikaliklar 20 mingtagacha har xil turdagi televizorlarni axlatga tashlashadi.

13. Fransiya qonunlariga ko’ra, ikki stakan vino ichgan odam bemalol mashina boshqarish huquqiga ega.

14. Agar qo’lingizni yuvgandan so’ng qog’oz sochiqni ishlatsangiz, qo’lingizdagi bakteriyalar soni 45-60% ga kamayadi. Ammo qo’l quritgichidan foydalanish aksincha bakteriyalar sonini 255% ga oshirib yuboradi.

15. 1998 yil Xitoyda haftasiga o’rtacha 34 ta odam har xil turdagi jinoyatlar (mast holatda mashina boshqarish, o’g’rilik) uchun qatl qilingan.