XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

MERKURIY HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Merkuriy boshqa sayyoralarga nisbatan Quyoshga yaqinroq joylashgan.

2. U Yerga qaraganda Quyoshdan 7 hissa ko’proq quvvat oladi.

3. Merkuriyning ustki qismi xuddi oydagiga o’xshab ketadi. Sayyorada kraterlar miqdori juda ko’p.

4. Merkuriyning shaxsiy magnit maydoni bor. Ammo u Yerdagidan juda ko’p marta zaif.

5. Bu sayyora yo’ldoshlarga ega emas.

6. Merkuriyning radiusi 2439 kilometrga teng.

7. Bu yerda erkin tarzda qulash tezligi Yerdagidan 2, 6 marta sekin.

8. Merkuriyni yulduz ko’rinishida quyosh chiqishi va botishidan so’ng bemalol ko’rsa bo’ladi.

9. Yerdagi bir yil Merkuriydagi uch kunga teng. U o’z o’qi atrofida juda sekin aylanadi.

10. Sayyora ekvatorida tunlari havo harorati -165 daraja, kunduzlari esa +480 darajani tashkil etadi.

11. Merkuriyning diametri 4878 kilometrga tengdir.

12. Uning ustki qismidagi maydon hajmi Yerdagidan 6, 8 barobar kichik.

13. Merkuriy yadrosida temir foiz hisobida boshqa sayyoralarga nisbatan ancha ko’pchilikni tashkil etadi.

14. Merkuriyda tortish kuchi juda zaif.

15. Merkuriyda bizdagi kabi yil fasllari yo’q.

16. Merkuriydagi ayrim tog’larning balandligi 5 kilometrgacha cho’zilgan.

17. Kunduzlari havo shu qadar issiq bo’lishiga qaramay, Merkuriyda juda katta miqdordagi muzliklar mavjud. Ayniqsa, kraterlardagi muzlar hech qachon erimaydi. Krater devorlari ularni Quyosh nuridan himoya qilib turadi.

18. Merkuriy atmosferasida suv miqdori 3 foizdan iborat. Suvni bu sayyoraga kometalar olib keladi. Atmosferasidagi kimyoviy element — geliy.

19. Merkuriyning ustki qismidagi bosim yerdagidan 500 milliard marta kam.

20. Merkuriyni hech qanday asbob-uskunasiz tomosha qilishga bundan 5 ming yil oldin yashagan odamlar muyassar bo’lgan. Bu sayyorani kuzatishga kirishgan ilk astronom Galilo Galiley hisoblanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…