Sayohatchi va yettita tilda bemalol gaplasha oladigan poliglot, irlandiyalik Benni Lyuis o’zining blogida yangi tilni o’rgnishga halal beradigan eng ko’p takrorlanuvchi xatolardan 8 tasini sanab o’tgan.
1. Xato qilsangiz asabiylashasiz
Biror yangi narsani o’rganishda xato qilish – tabiiy holat. Xatolaringiz uchun o’zingizni koyisangiz – o’rganish jarayoni stressga aylanadi, tez orada uni tashlab ketasiz. Ushbu faktni qabul qiling – siz xato qilasiz, xatolar orqali o’rganasiz, shunday bo’lishi ham kerak, hammasi yaxshi va hech narsadan xavotir olish kerak emas.
2. “Hech qachon aksentsiz gapirolmayman” deb o’ylaysiz
Yuzlab fonemalar (tovush birliklari) bor va yangi tilga xos tovushlarni avval talaffuz qilmaganingiz uchun albatta, avvaliga qiynalasiz. O’zingizga yoqqan so’zlar ro’yxatini oling va ularni o’zingiz talaffuz qilishga harakat qiling. Forvo.com (talavvuz qilish uchun onlayn-lug’at)da kerakli so’zlarni qidirib, talaffuzingizni to’g’irlasangiz ham bo’ladi. Unda til egalarining talaffuzini eshitish mumkin. Biroz vaqt o’tgach, shablonlarni o’zlashtira boshlaysiz. So’zlarni qayta-qayta takrorlang. Boshida og’zingiz va tilingiz yangi tovushlarni talaffuz qilish uchun mehnat qilishiga to’g’ri keladi, ammo doimiy takrorlashlar natijasida eng qiyin so’zlarni ham talaffuz qilishga o’rganasiz.
3. Grammatikaga mukkasidan ketgansiz
Grammatika bilan bog’liq keng tarqalgan ikkita xato bor. Birinchisi – uni butunlay inkor qilish. Ikkinchisi – murakkab grammatik qoidalar bilan o’ralashib qolish. Bu yangi tilda gapirishni boshlashga halal beradi. Oraliqni tanlash lozim.

4. Keraksiz so’zlarni o’rganasiz
Hamma narsani ketma-ket o’rganish shart emas. Masalan, darslikdagi “Qilichbozlik” mavzusiga oid hamma so’zlarni yoki “1000 ta eng mashhur so’z” to’plamini yodlash zerikarlidir. Yaxshisi, siz uchun aktual bo’lgan so’zlarni, qiziq bo’lgan mavzularni, ishingiz yoki qiziqishlaringiz bilan aloqador iboralarni o’rganing.
5. Til muhitiga sho’ng’ish faqat chet elda bo’ladi, deb o’ylaysiz
Bunday emas. Hech qaerga ketmasdan ham o’zingizni chet tili bilan qurshab olishingiz mumkin. Hamma ilovalarni va kompyuter dasturlarini – Facebook‘dan tortib ovozli yordamchigacha o’rganayotgan tilingizga o’tkazing. Ushbu tilda musiqa, ma’ruzlar va podkast (audiomatn)lar tinglang. Film va seriallar ko’ring. Suhbatlashish mumkin bo’lgan til egalarining onlayn guruhlarini toping.
6. Til egalari bilan gaplashishdan qo’rqasiz
Ha, ular juda tez gapiradi. Agar til o’rganishni endi boshlagan bo’lsangiz, ularni tushunishingiz juda qiyin bo’lishi tabiiy. Quloqlaringizni shug’ullantirsangiz, bu holat o’zgaradi. Subtitrli seriallar va yozma matnli podkastlar – buning eng yaxshi yo’lidir.
7. Darsliklarga ko’milib olgansiz
Maqsadingiz imtihon topshirish emas, chet tilida gaplashish bo’lsa, kitoblarni bir chetga suring. Yangi tilni o’rganish – muloqot ko’nikmalarini rivojlantirishdir. Til o’rganishning boshidayoq uning egalari bilan ko’proq suhbat, ko’proq muloqot amalga oshirishga intiling.
8. Yangi tilni o’rganish juda qiyin, deb hisoblaysiz
Bu eng keng tarqalgan xatolardan biri.
–Vaqt va doimiy mashg’ulotlar talab qilinadimi?
–Ha.
–Bu qo’rqinchimi?
–Albatta.
–Bu murakkabmi?
–Yoq, unchalikmas.
Til o’rganishga ongli yondashing. Tadqiqotchi bo’ling – qisqa muddatli maqsadlar qo’ying, turli texnika va metodlarni qo’llang, ular siz uchun qanday ishlashini, nima ko’proq mosligini, nima to’g’ri kelmasligini o’rganing.
Shuni unutmang,yangi tilni o’rganishdagi muvaffaqiyat sizning ishtiyoqingizga bog’liq.