XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

DUNYoDAGI AHMOQONA BAYRAMLAR VA IRIM-SIRIMLAR

 

1. Hindistonning Tamilnad shtatida har yili «AADI» deb nomlangan festival bo’lib o’tadi. Festivalda ruhoniylar saf tortgan erkaklarning boshiga kokos yong’og’i bilan uradi. Bu bilan ular salomatlik va omadni chaqirishadi. «Tez yordam»chilar esa boshiga kokos yong’og’i tegib hushini yo’qotgan va jarohat olganlarga tibbiy yordam ko’rsatadi.

2. Ispaniyada «El-Kolacho» degan marosim bor. Marosimda yangi tug’ilgan chaqaloq to’rt asr davomida yovuz ruhlardan nari bo’lishi uchun yerga yotqizilib, ustidan erkak kishi sakrab o’tadi. Shu narsa chaqaloqni yovuz ruhlar hujumidan himoya qilishiga shtatdagi barcha fuqarolar qattiq ishonadi. Ajablanarlisi, so’nggi yillarda o’zga davlatlardan ham odamlar shtatga tashrif buyurib, yangi tug’ilgan chaqalog’ini marosimda yovuz ruhlardan himoya qilib berishlarini so’raydigan bo’lgan.

3. Hindistonning musulmonlar yashaydigan Maxarashtra shtatida bir irim bor. Unda yangi tug’ilgan go’dakni baland binoning tomidan yerga tashlashadi. Shubhasiz, chaqaloqni yerda turganlar maxsus mato yordamida ilib olishadi. Ishonishadiki, tepadan pastga tashlangan go’dak umri davomida aql va jasurlikda tengsiz bo’ladi.

4. Angliyaning Xay-Vaykomba shahrida o’ziga xos bir marosim bor. Marosim har gal shaharga yangi mer saylangach, markaziy maydonda tashkil etiladi. Yangi mer barchaning ko’z o’ngida vaznini o’lchatishi lozim. Shu yerda o’lchab belgilangan vazn mer sifatida faoliyat yuritishi davomida oshmasligi kerak. Agar oshsa, bu korrupsiya alomati deb hisoblanadi va mer vazifasidan bo’shatiladi.

5. Inglizlarda bir irim bor. Odam yolg’iz turgan hakkaga duch kelsa, muvaffaqiyatsizlik belgisi hisoblanadi. Muvaffaqiyatsizlik ortga chekinishi uchun o’sha odam hakkani qarsak chalgan holda olqishlashi kerak.

6. Gretsiyada mehmonga kelgan odam uy egasiga ichkaridagi o’ziga yoqqan buyumni maqtamasligi lozim. Chunki maqtab qo’ysa, mezbon o’sha buyumni mehmonga sovg’a qilishi kerak bo’ladi.

7. Xitoyda mehmonga kelgan odamga uy egasi pishirgan taom yoqqan bo’lsa, o’sha ovqatni hammaga eshitiladigan qilib chapillatgan holda yeyishi lozim. Agar sokinlik hukm sursa, demak, ovqat mehmonga yoqmagan hisoblanadi.

8. Hindistonning ayrim hududlarida erkak kishi uchinchi marta uylanmasligi kerak. Bir, ikki, to’rtinchi marta uylanishi mumkin. Ammo uchinchi marta uylanishi taqiqlanadi. Bu taqiqlovni chetlab o’tib to’rtinchi marta uylanish uchun erkak daraxt bilan turmush qurishi talab etiladi. Nikoh o’qilgach, daraxtni kesib tashlashadi va shu lahzadan erkak beva sanala boshlaydi. Endi to’rtinchi bor o’zi yoqtirgan ayolga uylanishiga ruxsat etiladi.

9. Keniyada yangi uylangan yigit ayol bo’lish qanchalar og’irligini borlig’i bilan his eta olishi uchun to’yning ertasigayoq ayol kiyimini kiyadi va bir oy davomida o’z uyida faqat ayollar bajaradigan ishlarni ado etadi.

10. Bengal bo’g’ozidagi Nikobar orollarida yigit o’zi uylanishni xohlagan qiznikida bir necha oy qul bo’lib ishlashi kerak. Agar shu muddat davomida ota-onasi va qizning o’zi undan yaxshi kuyov chiqadi deb hisoblasa, qishloq ahli chaqiriladi va yigit bilan qiz er-xotin deb e’lon qilinadi. Basharti qizning o’zi rozilik bermasa, qullikdan so’ng yigit o’z uyiga qaytib ketadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi