* * *
— Yemaydi, ichmaydi, lekin o’sishdan to’xtamaydi. Bu nima?
— Narx-navo.
* * *
— Oshna, mana shu filni bir milyonga sotib oling!
— Bu nima deganingiz? Men bor yo’g’i ikki xonali kvartirada yashasam, shunday katta filga joyni qaerdan topaman? Nima berib boqaman? Yo’q…
— Bo’pti, o’sha pulga ikkita fil beraman.
— Bu boshqa gap.
* * *
Mijoz rassomning bir asarini sotib olmoqchi bo’ldi. Xursand bo’lgan rassom unga dedi:
— Didingiz ajoyib ekan. Men bu rasm uchun o’n yil umrimni sarflaganman.
— Nahotki, bittagina shu rasmni o’n yil davomida chizgan bo’lsangiz?
— Yo’q, rasmni aslida bir kunda chizib bo’lganman. Qolgan vaqtni uni sotishga sarflaganman.
* * *
— Oshna, nega hayotimiz bu qadar bir xil kechaveradi-a?
— Nega bunday deyapsan?
— Masalan, kechayam cho’ntagimda hemiri yo’q edi, bugun ham yo’q.
* * *
— Oh, dugonajon, chiday olmayman! Erim qurg’ur bir o’zimni bu dunyoda yolg’iz qoldirib o’lib ketaverdi!.. Yo’q, men ham o’zimni o’ldiraman! Erimning yonida bo’lishni istayman.
— Menga qara, eringni hech bo’lmasa o’sha yoqlarda tinch yashashga qo’ysang-chi!
* * *
Psixiatr bemordan so’radi:
— Xo’sh, partiya yig’ilishlaridan bahra ola boshlaganingizni qachon payqab qoldingiz?
* * *
— Xo’sh, kecha xotining bilan qilgan janjaling qanday tugadi?
— U qarshimda tiz cho’kdi.
— Nima dedi?
— «Yaramas, karavotning ostidan chiq!» dedi.
* * *
— Qo’shni, derazangizni kim sindirdi?
— Kim bo’lardi? Yaramas erim-da!
— Voy, eringiz sira to’polon ko’tarmasdi-ku!
— To’g’ri. U yaramasga katta laganni otgandim, chap berib qoldi.
* * *
Er-xotin janjallashishyapti:
— Vey, nega menga turmushga chiqqansan-a? Har kuni janjallashish uchunmi?
— Men sizning bunchalik ahmoq ekaningizni bilmagandim.
— Yolg’on gapirma! Ahmoqligimni juda yaxshi bilgansan.
* * *
— Xotin, eshitdingmi, kechasi rosa momoqaldiroq gumbirladi?!
— Ie, nega meni uyg’otmadingiz? Axir momoqaldiroq gumbirlaganda uxlay olmasligimni bilardingiz-ku!