QOR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Qor parchalarining har biri turlicha bo’ladi. Hozirgi kunga qadar hatto olimlar ham qancha izlanishmasin, ikkita bir xil tusga ega qor parchasini ko’rmagan.
2. Gohida umuman kutilmagan vaqt va manzillarda qor yog’a boshlaydi. Masalan, kunlarning birida Xitoydagi havosi haddan tashqari issiq hisoblanmish Takla-Makan sahrosida ikki hafta tinmasdan qor yog’gan.
3. Yer yuzi aholisining teng yarmidan ko’prog’i tug’ilgandan beri umuman qor ko’rmagan.
4. Uch kubometr qor ichiga 1 milliard dona qor parchasi joylashadi.
5. Eng yirik qorning diametri 38 santimetrga teng bo’lgan.
6. Baland tog’ cho’qqilarida ba’zan qizg’ish va pushtirang qor yog’adi.
7. Agar shamol bo’lmasa, qor parchalari yerga soatiga 1 km tezlikda tushadi.
8. Qor nafaqat Yer, balki Mars sayyorasida ham bor.
9. Yaponiyaning Xokkaydo orolida qor parchalari muzeyi bor.
10. Amerikada qor parchalarini o’rganish uchun butun boshli laboratoriya tashkil etilgan.
11. Dunyoda eng ko’p qor tushadigan manzil Amerikaning Vashington shtatiga qarashli Beyker tog’i hisoblanadi.
12. Daryo, ko’llarga kelib tushadigan qor parchalari o’zidan juda kam chastotali tovush chiqaradi. Bu odamlarga eshitilmaydi. Ammo suvdagi baliqlar aniq eshitadi.
13. Agar 1 gektar yerga tushgan 1 santimetr qalinlikdagi qor erisa, atigi 30 kub metr suv hosil bo’larkan.
14. Yer yuzidagi ichimlik suvi zahirasining 5 dan 4 qismi qor va muzlarga to’g’ri keladi.
15. Har yili dunyoda 19 yanvar kuni butunjahon qor kuni bayram qilinadi.
16. Bir dona qor parchasining sof og’irligi 0, 004 grammdan iborat bo’ladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…