BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

* * *

 

Kim qancha vaqt och o’tira olishini tekshirib ko’rmoqchi bo’lishdi. Turli xonalarga afrikalik, rus va chukchani qamab qo’yishdi. Xonalarga telefon qo’yib, tayinlashdi:

— Och qolsangiz, qo’ng’iroq qiling!

Uch kun o’tgach, rus, bir haftadan so’ng afrikalik qo’ng’iroq qildi. Chukchadan darak yo’q. Ikki haftadan so’ng xonani ochib qarashsa, chukcha telefon yoniga o’tirib olib go’shakka gapiryapti:

— Chukchaning qorni ochdi! Chukcha ovqat yeyishni istaydi!

 

* * *

 

O’g’ri kvartiralardan birini tunash uchun ichkariga kirdi. Burchakdagi qafasda to’tiqush bor edi. U o’g’riga dedi:

— Kesha hammasini ko’rdi!

O’g’ri shosha-pisha qafas ustiga qalin mato yopib qo’ydi. To’tiqush dedi:

— Kesha menmas, narigi xonadagi ovcharka!

 

* * *

 

Besh yashar bolakayga otasi it sovg’a qilgandi. Ertasi kuni o’rtog’i kelib so’radi:

— O’g’ilmi-qizmi?

— Yo’q, o’g’il ham, qiz ham emas, bu it.

 

* * *

 

Qo’shni ayol to’rt yashar qizaloqqa dedi:

— Biz oying bilan kasalxonaga bordik, u yerda sen uchun uka yashirib qo’yishibdi, olti oydan keyin berisharkan.

Qizaloq yig’lay boshladi:

— Yo’-o’q, menga uka kerakmas, singil opkelinglar!!!

 

* * *

 

To’rt yashar qizaloq onasiga dedi:

— Men katta bo’lsam, Toshmatga turmushga chiqaman, chunki u menga bugun gul sovg’a qildi. Keyin Eshmatgayam turmushga chiqaman, negaki, uning ko’ylagi chiroyli.

Oyisi so’radi:

— Voy, Bo’riboy-chi? Oldin «o’yinchoqlari ko’p, o’shanga turmushga chiqaman» derding-ku!

Qizaloq chuqur xo’rsinib:

— Ha-a, demak, Bo’riboygayam turmushga chiqishimga to’g’ri keladi.

 

* * *

 

Televizor orqali Alla Pugachyova va Maksim Galkinni ko’rsatishayotgandi. Buvi tinimsiz to’polon qilayotgan olti yashar o’g’il nevarasiga dedi:

— Agar qaysarlik qilaversang, menga quloq solmasang, katta bo’lganingda senam hov anavi kampirga uylanasan!

 

* * *

 

Restoranda ofitsiant go’zal bir qizning oldiga maktub qo’yib ketdi. Unda shunday so’zlar bitilgandi:

— Men sizni bir ko’rishdayoq sevib qoldim. Sizsiz yashay olmayman. Ertaga sizni o’z uyimga kechki ovqatga taklif etaman. Agar mabodo siz ertaga band bo’lsangiz, iltimos, maktubni o’ng tomoningizdagi stol qarshisida o’tirgan mallasoch qizga uzatib yuboring!

 

* * *

 

Erkaklarga ayollarning xushomadlari:

— Men sizning yoningizda bo’lsam, o’zimni juda aqlli his eta boshlayman.

— Juda jiddiy, o’ychansiz. Qamoqdan chiqib kelyapsizmi?

— Ko’ylagingizga tegib qolgan lab bo’yog’ining rangi juda chiroyli ekan.

— Men erkaklar uchun qizil paypoqlar ishlab chiqarila boshlaganidan bexabar ekanman.

— Yaxshi, siz bilan yashash maroqli. Lekin afsuski… Pulingiz juda kam qoldi.

 

* * *

 

Erkak go’zal bir qizni mashinasida manziligacha eltib qo’ydi. Qiz tushib ketayotib o’rindiqqa bitta mingtalik tashladi.

— Yaxshi qiz, bu ishingiz bilan meni haqorat qilyapsiz!

— Voy, qancha beray unda?

— Hech bo’lmasa, ikki ming.

— Yo’q, sizni ikki marta haqorat qilishni istamayman.

 

* * *

 

Er-xotin besh yashar bolasi bilan birga katta anhordan narigi sohilga kechib o’tardi. Bir mahal xotin bezovtalana boshladi va eridan so’radi:

— Xudoyim! O’g’limiz qani, dadasi?

— Qo’rqma! U shu yerda. Men qo’lidan yetaklab kelyapman.

 

loading…