DUShANBA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. «Chelsi», «Real», «Milan» klublarida to’p surgan mashhur futbolchi Maykl Kodjo Essyen Afrikaning Gana respublikasida, aynan dushanba kuni tug’ilgan. Ganada esa bu narsaga jiddiy e’tibor berishadi. Yangi tug’ilgan bolalarga qaysi kuni dunyo yuzini ko’rsa, o’sha kun nomini berishadi. Maykl Kodjo ham bundan mahrum bo’lmadi. Gana xalqlari tilida «kodjo» dushanba ma’nosini beradi.
2. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrining nomi ham aynan Dushanba kuni bilan bog’liq. Aytishlaricha, qadimda shu yerda «Dushanba-bozor» bo’lgan ekan. Ya’ni, har dushanba kuni shu yerda bozor bo’larkan. Tojikiston poytaxti ham o’sha bozor nomini olgan.
3. Xalqda shunday bir irim bor. Dushanba kuni kissangda qancha pul ko’p bo’lsa, hafta davomida oshig’ing olchi bo’ladi. Shu sababli ham dushanba kunlari odamlar bir-biriga qarz berishmaydi.
4. Britaniya olimlarining fikricha, avtomobil sotib olishni istagan odam dushanba kunini tanlashi kerak ekan. Negaki, yakshanba kuni savdo qizigandan qiziydi. Dushanba kuni avtomobil sotib oluvchilar soni kamayib ketadi. Shundan unumli foydalangan holda avtomobilni mo’ljaldagidan arzonroq narxda olish mumkin ekan.
5. Dushanba kunlari soat kunduzgi 11: 00 gacha ko’pchilikning yuzida tabassum ko’zga tashlanmaydi.
6. Joniga qasd qilish holatlarining aksariyati dushanba kuni kuzatiladi.
7. Infarkt asosan yakshanbadan dushanbaga o’tar kechasi sodir bo’ladi.
8. Dunyodagi ko’plab ayollar aynan dushanba kunlari parhez tutishni boshlaydi.
9. Dunyo tashvishlaridan xoli bo’lishni istagan erkak dushanba kuni soch oldirishi lozim ekan.
10. Dushanba kuni tug’ilgan bolalar boshqalarga nisbatan muloyim, mehribon, saxovatli bo’ladi.
11. Dushanba kuni dunyoga kelganlar hayotini Oy boshqarib turarkan.
12. Yevrey erkaklari hech qachon dushanba kuni uylanmaydi.
13. Dushanba kunlari olis safarga otlanish tavsiya etilmaydi.
14. Tibbiyot vakillarining xulosasiga ko’ra, zararli odatlardan voz kechishni ayni dushanba kunidan boshlagan ma’qul ekan.
15. Dushanba kuni erkaklar uyga begona ayolni kiritmasligi kerak ekan. Unday qilsa, hafta oxirigacha ishi yurishmaskan.
16. Dushanba kuni erta tongda aksa urgan odam albatta kimdandir sovg’a olarkan.
17. Dushanba kuni tug’ilganlarning kayfiyati o’zgaruvchan bo’ladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi