NEGA NEFT BARRELDA O’LChANADI?
Haqiqatan, bu savol juda ko’pchilikni qiziqtiradi. Tarixiy ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu olis o’tmishga borib taqaladi.
Neft qazish endi-endi boshlangan davrlarda buning uchun yagona o’lcham bo’lmagan. Kimdir yog’och idishda, yana boshqa birov metall idishlarda neft tashigan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib neft qazib olish rivojlanib ketdi. Ana o’shanda neftni saqlashda muammolar yuzaga keldi. Neft qazuvchilar turli razmerdagi bochkalardan foydalanishdi. Lekin xaridor uchun katta bochkalarda neft olib ketish jiddiy noqulaylik tug’dirardi. Uni o’lchash ko’p vaqt talab qilish bilan birga qiyinchilik ham paydo qilardi.
1866 yil avgustida Pensilvaniyada Amerikadagi neftni qayta ishlovchi korxonalar egalari uchrashib neftning yagona o’lchamini tasdiqlashdi. Buning natijasida 42 gallonli bochkalar neft uchun standart o’lchamli idish sifatida qabul qilindi. Sababi, bu bochkalarni bir kishi bemalol uddalay olardi. Undan katta bochka odamga qiyinchilik tug’dirardi. Kichigi esa iqtisodiy tomondan to’g’ri kelmasdi. Qolaversa, 42 gallonli bochkaning 20 tasi temir yo’l platformalariga yaxshi joylashardi. Shunday qilib, bu bochkalarning bittasidagi neft bir barrel deya tan olindi. Neft oldi-sotdisi bilan shug’ullanadiganlar bilib olishdi. Bitta 42 gallonli bochkadagi neft 159 litrni tashkil etadi. Bu bir barrel deya yuritiladi. To’g’ri, hozirgi kunda neft bochkalarda olib yurilmaydi. Barcha ishlar quvurlar orqali amalga oshiriladi. Ammo neftning yagona o’lchami baribir barrelda o’lchanadi. Buning uchun albatta qora oltin o’sha 42 gallonli bochkalarga quyiladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi