XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

TUMAN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Tuman hamisha 1 kilometr yuqorida bo’ladi.

2. Tumanga aylangan suv tomchilari atigi 0, 01 mm hajmga ega bo’ladi.

3. Quyuq tuman o’zida 1200 tomchi suvni mujassam etgan. Havoni namlash uchun shu miqdorning o’zi yetib ortadi.

4. 1987 yil fevralida Ukraina poytaxti Kiyev shahrida g’alatomuz tuman tushgan va u 73 soat davomida tarqamagan.

5. Daryolar va boshqa suv havzalari tepasida paydo bo’ladigan tuman odatda uzoq saqlanadi.

6. Tuman aksar hollarda erta tongda tushadi. Chunki shu mahal havo harorati eng past darajada bo’ladi.

7. Dunyodagi eng sertuman hudud sifatida Kanadadagi Nyufaundlend oroli e’tirof etiladi. Orol yil davomida deyarli har kuni quyuq tuman ostida bo’ladi.

8. Yozda tushadigan tuman qishdagisiga nisbatan quyuqroq bo’ladi. Bu havo haroratining yuqoriligi bilan bog’liq.

9. Atakama sahrosida yashovchi odamlar o’zlari uchun kerakli suvni erta tongda tushadigan tumandan ajratib olishadi. Buning uchun maxsus uskunadan foydalanishadi.

10. Namibiyada umrguzaronlik qiluvchi qo’ng’izlar asosan sahroda yashab, xuddi atakamaliklar kabi ertalablari tuman orasidan suv ajratib oladi. Shu yo’l bilan chanqog’ini qondiradi.

11. Agar ko’rish masofasi 50 metrdan oshmasa, bu tuman rasman quyuq deya tan olinadi.

12. Tuman bug’lanuvchi, advektiv, radiatsiya, muz, do’l, yer usti kabi turlarga bo’linadi.

13. Qishda tuman havo harorati pastligi hisobiga yozdagiga nisbatan uzoqroq turib qoladi.

14. Bir kubometr hajmga ega tumanda 0, 5 millilitr suv mavjud bo’ladi.

15. Bir necha asrlar oldin London tumanlar shahri deb atalgan. Chunki bu shahar hamisha tuman iskanjasida bo’lgan. Hozir iqlim o’zgarishi tufayli Londonda ham ilgarigiga qaraganda kamroq tuman tushadigan bo’lgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…