BAKTERIYa HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Bakteriyalar yer yuzida 3, 5 milliard yil oldin paydo bo’lgan. Ular sayyoramizning ilk a’zolari hisoblanadi.
2. Bakteriyaning biologik vazni hayvonlar va o’simliklar biologik vaznidan ko’proq.
3. Bakteriyalar inson immunial tizimi paydo bo’lishida muhim o’rin tutadi.
4. Odamning mikroflorasida 40 trilliontaga yaqin bakteriya to’qimalari bor. Odam tanasining o’zi esa 30 trillionta to’qimadan tashkil topgan.
5. Bu mikroorganizmlar bir-biri bilan kimyoviy usul yordamida muloqot qiladi. Ya’ni, signalli molekulalar almashinuvi orqali tillashadi.
6. Bakteriyaning hajmi virus hajmidan kattaroq. Har bir bakteriyaning uzunligi bir necha mikrometrlarga teng. (1 mkm = 0, 001 mm)
7. Eng yirik bakteriya hajmi 0, 75 millimetrdan iborat.
8. Aynan bakteriyalar sharofati bilan Yer sayyorasida kislorod paydo bo’lgan.
9. Yoshi ulug’ odamning ichagida o’rtacha 2, 5 kilogramm vaznga teng bakteriya yashaydi.
10. Bakteriyalar orasida ham hayvonlardagi kabi mahluq bakteriyalar bor. Ular boshqalarini o’ldirib yeyish bilan shug’ullanadi. Shunday bakteriyalardan biri «Bdellovibrio bacteriovorus» deb nomlangan. U juda tezkor. Bir soniyada o’z hajmidan 100 barobar uzunroq masofani bosib o’tadi.
11. Bakteriyalar energiyani nafas va fotosintez yordamida oladi.
12. Ayrim bakteriyalar magnit maydonlarini seza olish xususiyatiga ega.
13. Bakteriya hatto fazoda, vakuum holatida ham yashab keta oladi.
14. Garchi odamzod ilk bor bakteriyani mikroskop orqali 17 asr o’rtalarida ko’rgan bo’lsa-da, «bakteriya» atamasi oradan 150 yil o’tib paydo bo’lgan.
15. Bakteriya bir to’qimali va ko’p to’qimali turlarga bo’linadi.
16. Odamning og’iz bo’shlig’ida o’rtacha 40 mingta bakteriya yashaydi.
17. Bakteriya yordamida suv va neft mahsulotlarini ham zaharli moddalardan tozalasa bo’ladi.
18. Bakteriyalar o’lat, sifilis, xolera, sil va boshqa ko’plab xavfli xastaliklar qo’zg’atuvchisi sanaladi.
19. Ammo bakteriyalarning foydalilari ham ko’p. Ular insonlar hamda boshqa tirik jonzotlarning me’yoriy hayot kechirishi uchun xizmat qiladi.
20. 2016 yili Yaponiya olimlari «ideonella sakaiensis 201-F6» deb nomlangan bakteriya turini aniqlashdi. U plastik bilan oziqlanarkan.
21. Ovqat hazm bo’lishida ham bakteriyalarning alohida o’rni bor.
22. O’rta asrlarda xavfli xastaliklarni qo’zg’atuvchi bakteriyalardan dushmanni tor-mor etishda foydalanishgan. Buni turk kinoijodkorlarining «Ertug’rul» filmida ham kuzatish mumkin.
23. Kompyuter sichqonchasi, eshiklar tutqichlari bakteriyalarning sevimli yashash joyidir.
24. Qo’l telefonlar ekranlarida ham bakteriya ko’p.
25. Bakteriyalarni o’rganuvchi fan bu bakteriologiyadir.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…