NON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Non tarkibida inson organizmi uchun kerakli barcha vitaminlar mavjud. Ayniqsa, kraxmal, yog’ va oqsillar bisyor.
2. Dastlabki odamlar nonni yong’oq unidan tayyorlashgan.
3. Tarixiy ma’lumotlarda aytilishicha, nonni ilk bor 7 500 yil oldin misrlik bir erkak tasodifan, o’zi bilmagan holda pishirgan ekan. Ya’ni, u suv va un aralashmasini esidan chiqarib yonib turgan pech ichida qoldirgan. Qaytib kelgach, ko’rganki, bu aralashmadan non hosil bo’libdi.
4. Eramizdan avvalgi 2500 yillarda qadimiy yunonlar nonning 80 ta turini pishira bilgan.
5. 1266 yili Angliyada pishirilayotgan nonning vazni, sifati va narxini nazorat qiluvchi qonun qabul qilingan. Bu qonun Angliyada 600 yil o’z kuchida qolib kelgan. 2008 yildagina qonun bekor qilinib, vazni 600 grammdan kam non yopishga ruxsat berilgan.
6. Qadimiy Misrda nonning obro’si hozirgidan ham yuqoriroq bo’lgan. Ko’p oldi-sotdilarni non yordamida ham amalga oshirishgan. Kimdir olamdan o’tsa, tobuti ichiga albatta quritilgan non bo’lagini qo’yishgan.
7. Yevropada bir an’ana uzoq vaqt davom etib kelgan. Stol atrofida o’tirganlardan kim nonning so’nggi bo’lagini yesa, u nonvoy yoki oshpazdan albatta bo’sa olishi kerak bo’lgan.
8. 2016 yili Chelyabinsk olimlari stressga qarshi non turini o’ylab topishdi. Bu nonga asab tizimini nihoyatda bo’shashtira oluvchi dengiz o’tlari qo’shilarkan.
9. Angliyada Yangi yil arafasida an’anaga ko’ra uy eshigi oldiga bir bo’lak non va ko’mir qo’yishadi. Shu an’ana orqali inglizlar bir-birlariga yangi yilda boylik, oziq-ovqat va qaynoq hayot tilashadi.
10. Qora non kamqonlikka qarshi kurashadi. Uning tarkibida oq nondagiga nisbatan kaliy 30, magniy 50 foizga ko’proq. Shuning uchun bo’lsa kerak asosan qora non yeydiganlar yurak xastaliklariga kamdan-kam holatlarda duchor bo’ladi.
11. Hindistonda nonni hurmatlamaslik haqorat hisoblanadi.
12. Ko’pgina xalqlarda nonni stol ustida qoldirish omadni o’zidan haydash deb qabul qilingan. O’zbeklarda armiya safiga jo’nab ketayotgan bo’lajak askarga butun nonning uch tomonini tishlatib qolishgan. Shunday qilsa askar halok bo’lmasdan uyga salomat qaytadi va uzoq umr kechiradi deya hisoblangan.
13. O’ninchi asrda Vizantiya imperatori farmoniga ko’ra aholini non bilan to’liq ta’minlay oladigan, nonni sifatli pishiradigan nonvoylar barcha soliqlardan ozod etilgan. Sifatsiz non yopgan, non pishirishda firib ishlatgan nonvoylar esa daraxtga boylab qo’yilib, shafqatsizlarcha kaltaklangan.
14. 1988 yili Yoxanesburgdagi «Sasko» kompaniyasi mutaxassislari 1, 43 tonna vaznga ega non pishirishgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…