BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Bosqinchi juda yosh edi. Birinchi ishini boshladi. Qurolni o’tkinchining boshiga tirab muloyim ovozda dedi:

— Qo’lingni ko’tar! Yoki…

— Nima «yoki»?

— Gapimni bo’lmang! Bu mening birinchi ishim.

 

* * *

 

Yo’lovchi kimdir ehtiyotkorlik bilan cho’ntagiga qo’l solganini sezib ohista shivirladi:

— Afsuski, cho’ntagimda miriyam yo’q!

Qo’l egasi ham muloyim ovozda javob qaytardi:

— Kechirasiz-u, bunga shaxsan o’zim amin bo’lishim lozim.

 

* * *

 

Gruzinni sud qilishyapti.

— Bu odamni nima sababdan o’ldirding?

— Xotinim bilan uchrashayotganda tutib oldim, o’ldirmadim. Uyimga bir marta o’g’irlikka tushdi. Kelib qoldim. Yo’q, shundayam o’ldirmasdim buni. Ishonasizmi, ketayotib «Men yana qaytaman» deydi-ya!.. Ana shu gapi alam qilib ketdi.

 

* * *

 

— Siz xotiningizning boshiga tovoq bilan urganlikda ayblanasiz! Nahotki, unga rahmingiz kelmagan bo’lsa?

— Albatta, rahmim keldi. Axir, tovoq yap-yangi edi!

 

* * *

 

— Siz, ayblanuvchi, telefon-avtomatlardagi tiyinlarni o’g’irlaganlikda ayblanasiz! Ellik ming so’m miqdorida jarima to’laysiz.

— Maylimi o’sha jarimalarni tiyinlar bilan to’lasam?

 

* * *

 

Futbol jamoasi hujumchisi maydondagi sudyadan so’radi:

— Itingizning laqabi nima?

— Mening itim yo’q.

— Yo’g’-e!.. Ko’r odam itsiz qanday qilib yurishi mumkin?

 

***

 

Muallima birinchi sinf o’quvchisidan so’radi:

— Eshmatvoy, ulg’aysang kim bo’lasan?

— Genaral bo’laman.

— Ie, urush bo’lsa-yu, seni dushman otib qo’ysa-chi?

— Unda dushman bo’laman.

 

* * *

 

Xiyonatkor erkak yaqin do’stiga hasrat qilyapti.

— Ishonasanmi, uxlab yotganimda xotinim menga xiyonatga qarshi ukol qilibdi.

— Xo’sh, ta’sirini sezdingmi?

— Sezganda-chi!?. Ko’chada uzoqdan begona ayolni ko’rsam, o’zimdan o’zim: «Mening xotinim bo-or!» deb baqiradigan bo’p qoldim.

 

* * *

 

Armiya safiga chaqirish mavsumi. Psixiatr huzuriga bir yigit atayin telba qiyofasida, go’yo o’zini mototsikl qilib ko’rsatish uchun bor ovozda baqirib kirdi.

— Drin, dri-in! Dri-in! Mototsiklni qaerga qo’yaylik, do’xtir?

Psixiatr:

— Ana, burchakda mening mototsiklim turibdi. Yoniga qo’ya qoling!

 

* * *

 

Ayol eriga dedi:

— Ilgari hamma erkaklar eshak deb o’ylardim. Sizga tekkandan keyin fikrim o’zgardi.

— Xo’sh, hozir fikring qanday?

— Eshak faqat siz ekansiz.

 

loading…