SUV HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Suv yer yuzidagi har bir tirik jonzot uchun eng muhim hayot manbai hisoblanadi. Biz uchun faqat havogina suvdan ortiqroq turadi.
2. Suvsiz odam atigi 3-4 kun yashay oladi. Ovqatsiz esa 3 oygacha yashashi mumkin.
3. Suv 2 ta vodorod, 1 ta kislorod atomidan tashkil topgan bo’lsa-da, olimlar hanuz uni oxirigacha o’rganib ulgurishmagan.
4. Agar dengiz va okeanlar bo’lmasa, yer yuzida hayot qurilmagan bo’lardi. Kimyoviy tadqiqotlar shuni ko’rsatganki, 1 kub sm dengiz suvi tarkibida 1, 5 grammgacha oqsil va ko’plab minerallar mavjud ekan.
5. Olimlar Yunesko uchun dunyoning 122 davlatidagi suvlarni tadqiq etishdi. Qarangki, eng toza suv Finlyandiyada ekan.
6. Yer yuzining 70 foiz qismi suv bilan qoplanganiga qaramay, bu suvning 1 foizigina ichishga yaroqli ekan.
7. Tinch okeanda yer yuzidagi jami suvning 46 foizi, Atlantik okeanda 23 foizi, Hind okeanida 20 foizi, Shimoliy muz okeanida 4 foizi saqlanarkan.
8. Antarktidada bir ko’l bor. Ko’l suvi dengiz suvidan 11 hissa sho’r. Bu suv -50 daraja sovuqda ham muzlamaydi.
9. Hisob-kitoblarga ko’ra, suv suyuq holatda yerda bundan 4 milliard yil oldin paydo bo’lgan ekan.
10. Qaynoq suv sovuq suvga nisbatan tezroq muzlaydi.
11. Dunyodagi ichimlik suvini o’zida mujassam etgan eng yirik suv havzasi Rossiyada joylashgan Baykal ko’lidir.
12. Quyosh atmosferasida suv bug’ holatda saqlanadi.
13. Yerdagi eng sovuq muzlik Antarktidada, eng iliq muzlik esa Alp tog’larida joylashgan. Alpdagi muzlikning harorati Selsiy bo’yicha 0 darajaga teng.
14. Saturn yo’ldoshi bo’lmish Enselad g’alati vulqonlarga ega. Bu vulqonlar uyg’ongan mahali yuqoriga o’zidan qaynoq lava o’rniga muz otadi.
15. Mineral suv ilk bor 1787 yili Germaniyada qadoqlanib, sotuvga qo’yilgan.
16. Ko’pchilik sevib ichadigan «Bonakva» mineral suvi aslida Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi vodoprovoddan olinadi.
17. Sloveniyada Sirkniskoe ko’li bor. Qish va yozda bu ko’lning suvi qayoqqadir g’oyib bo’ladi. Bahor va kuzda yana paydo bo’lib qoladi.
18. Yerda hayot bo’lishida muzliklarning ahamiyati katta. Aynan ular tufayli yer yuzida keragicha ichimlik suv bor. Bundan tashqari, muzliklar okeandagi suvning miqdorini bir me’yorda ushlab turadi.
19. Quruq muz tarkibida suv bo’lmaydi. U muzlagan uglerod dioksididan tashkil topgan.
20. Muz odamlar muzlatkich o’ylab topishiga turtki bo’lgan. Qadimda odamlar xuddi shu muz yordamida ovqatlarini eskirtirmagan holda saqlay olgan.
21. Ozarbayjonda bir suv havzasi bor. Gugurt chaqib tashlasangiz, yonadi. Chunki bu suv tarkibida metan gazi ko’pchilikni tashkil etadi.
22. Keniya poytaxti Nayrobida suv Amerikadagiga nisbatan 10 hissa qimmat.
23. Odam organizmidagi suvning 10 foizi yo’qolsa ham, u o’lim topadi.
24. Suv yer ostida yuqoridagiga qaraganda o’n karra ko’proq.
25. Har bir odam yiliga o’rtacha 60 tonna suv ichadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…