MIS HAQIDAGI HAQIQATLAR
1. Odamlar misni qayta ishlashni 6 ming yil oldin o’zlashtirgan.
2. Qadimiy Misrda bunyod etilgan imoratlardan arxeolog olimlar bundan 5000 yil oldin yaratilib ishga tushirilgan mis vodoprovod trubalarini topishdi. Ular hozirgacha ishga yaroqli holatda saqlanib qolgan.
3. Ishlab chiqarilish va ishlatilishi bo’yicha mis dunyoda temir va alyuminiydan keyin uchinchi o’rinni egallaydi.
4. Tarixda butun boshli bir davr bekorga «Mis asri» deya nom olmagan. O’sha davrlarda misdan qurollar, sovutlar, taqinchoqlar va idishlar yasashgan.
5. Mis asri taxminan 1000-2000 yil davom etgan. Bronza paydo bo’lgachgina odamlar deyarli misdan foydalanmay qo’yishgan.
6. Mis dastlab hozirgi Kiprda qayta ishlana boshlangan. Bu voqea 4000 yil oldin sodir bo’lgan.
7. Fan taraqqiy etishi bilan baribir mis o’z qimmatini yo’qotgani yo’q. Hozir ham undan sanoatning turli jabhalarida, jumladan, fazo kemalari ishlab chiqarish, avtomobil sanoati, elektronikada keng foydalanilmoqda.
8. Tok o’tkazish bo’yicha mis kumushdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Ammo kumush elektr simlari ishlab chiqarishda juda qimmatga tushadi. Shu sababli asosan misdan elektr simlari ishlab chiqariladi.
9. Misdan qayta va qayta foydalansa bo’ladi. Baribir u o’z xususiyatlarini yo’qotmaydi.
10. Issiqlikni yaxshi o’tkazish xususiyati sababli mis sovitish tizimida ham qo’llaniladi.
11. Mis bakteriyaga qarshi shafqatsiz kurashadi. U ham suvda, ham havoda xavfli bakteriyalarni ortga qaytaradi yoki o’ldiradi. Agar eshiklar tutqichlari va shu kabi ko’p qo’l tegadigan buyumlar misdan yasalsa, maqsadga muvofiq bo’lardi.
12. Nepalliklar misni ilohiy metall sifatida qadrlashadi. U har qanday xastaliklarga qarshi kurashda yengilmas deb hisoblashadi. Shuning uchun suv ichganda ham idishga albatta mis tanga tashlab qo’yishadi.
13. Mis inson organizmida ham bor. Yoshi ulug’ odamlar organizmida o’rtacha 60-80 milligramm mis mavjud bo’ladi. Misning asosiy qismi bizning jigarimizdan joy olgan.
14. Yoshi ulug’ odam uchun bir kunda hech bo’lmaganda 1 milligramm mis zarur bo’ladi.
15. Mis ekologik toza metall hisoblansa-da, qazib olish jarayonida u atrof-muhitni ko’proq zaharlaydi.
16. Amerikadagi Berkli-Pit ko’li dunyoda eng zaharli ko’l hisoblanadi. Chunki u qachonlardir mis qazib olingan joyda paydo bo’lgan.
17. Mis tilla taqinchoqlarga ham albatta qo’shiladi. Bu taqinchoqning mustahkamligini ta’minlarkan.
18. Misdan yasalgan zarbli musiqiy asboblar bir-biriga urilganda, temir kabi o’zidan uchqun sachratmaydi.
19. Sakkizoyoqning qoni moviy rangda. Bilasizmi nega? Chunki uning organizmida mis ko’pchilikni tashkil etadi.
20. Yaponiyada gaz o’tkazuvchi trubalar misdan yasaladi va ularga «zilzilaga bardoshli» deya nom berilgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…