ChAYoN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Chayonning turiga qarab oltitadan o’n ikkitagacha ko’zi bo’ladi.
2. Endi tug’ilgan chayonchalar to voyaga yetguncha onasining yelkasida umr kechiradi.
3. Chayon suv ichmaydi. U namlikni yeydigan ovqatidan ajratib oladi. Basharti och qolib ketsagina, suv ichishga majbur bo’ladi.
4. Chayon ovqatsiz 2 yilgacha yashab qola oladi.
5. Barcha chayon turlari zaharli. Ammo ular odamni o’ldiradigan darajada kuchli emas.
6. Chayonlar Antarktidadan tashqari yer yuzining barcha hududlarida topiladi.
7. Chayon bundan yuzlab yillar oldin dengizdan quruqlikka chiqib yashay boshlagan.
8. Dengizda yashagan chayonlarning uzunligi o’z davrida 1 metrgacha bo’lgan.
9. Olimlarning aytishicha, yadro urushi yuzaga keladigan bo’lsa, suvaraklar o’lib ketishi mumkin. Ammo chayonlar tirik qolarkan. Ular bizni o’ldirar darajadagi zaharning ming hissa ko’prog’ini ham o’ziga singdirgancha yashayverarkan.
10. Chayon aslida issiq iqlimni xush ko’radi. Lekin tog’li hududlarda 5-10 ming metr yuqoridagi cho’qqilarda ham baribir chayon bor.
11. Chayonlar asosan tungi hayot tarzini kechiradi.
12. Chayon devorga tirmashib yuqoriga ko’tarilishga ustasi farang. U ko’p qavatli uylarning uchinchi-to’rtinchi qavatlariga ham devorga tirmashgan holda kira oladi.
13. Odam chayondan qo’rqadi. Biroq chayon ham odamdan qo’rqadi. Odamga juda yaqin kelib qolgandagina o’zini himoya qilish uchun tashlanadi.
14. Chayonning ko’rish qobiliyati juda past. Lekin hid bilishda tengsiz.
15. Agar chayonlar butun boshli oilasi bilan qorong’i va yopiq joyga qamalib qolsa bolalarini yeb qorin to’ydiradi.
16. Iqlim qancha issiq bo’lsa, chayonning zahri shuncha kuchaya boradi.
17. Chayonning urg’ochisi nikoh mavsumidan so’ng erkagini yeb bitiradi.
Astag’firillo!!!
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…