image0

Buyuk Britaniyada “Robin Gud daraxti”ni kesgan erkaklar to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Mamlakatning Nortumberlend shahridagi chinor 1991 yilda “Robin Gud: O‘g‘rilar shahzodasi” filmida suratga tushganidan keyin mashhur bo‘lgan. Daraxt 39 yoshli Deniyel Grem va 32 yoshli Adam Karruters 2023 yilning sentyabrida uni kesib, suratga olishga qaror qilguniga qadar taxminan 150 yil turgan. Ularning ikkalasi ham mast bo‘lgan. Prokurorlar ikki kishining harakatini “ahmoqning ishi” deb atagan. Karruterning advokati “mastlikdagi ahmoqlik” jumlasini ishlatgan.

Sudya Kristina Lambert erkaklarning harakatlari yuqori darajadagi rejalashtirish va tayyorgarlikni talab qilishini aytdi. Grem va Karruterslar chinor daraxtiga (taxminan 713 ming 823 yevroga teng) va daraxt o‘sgan Adrian devoriga ikki marta jinoiy zarar yetkazishda aybdor deb topildi. Ularning har biri 4 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Britaniyada “Robin Gud daraxti”ni kesganlar qamaldi1

2016 yilda Sikamor-Gep chinor Woodland Trust tomonidan “Yil daraxti” deb topilgan edi. Daraxt Angliyaning shimoli-sharqida millionlab sayyohlar tashrif buyurgan asosiy turistik diqqatga sazovor joy edi. 2024 yilning avgust oyida kesilgan chinor tagida hayot belgilari paydo bo‘lgani, uning omon qolishiga umid uyg‘otgani xabar qilingan edi.