BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

Ikki yo’l patrul xodimi qo’llarida radar bilan turishardi. Biri ikkinchisiga dedi:

— Qara, kimdir o’qday uchib kelyapti.

— Tezligi qancha ekan?

— Naqd yuz ellik ming so’mcha bor.

 

* * *

 

To’ydan so’ng kuyov kelinga dedi:

— Kechirasan-u, bir narsani sendan yashirgandim.

— Nimani?

— Mening ikki bolam bor. Ularga har oyda nafaqa to’layman.

— Qayg’urmang, jonim! Bu bilan kambag’allashib qolmaymiz.

— Rostdanmi?

— Ha, chunki men ham oyimnikida qolgan ikki bolamga sobiq erimdan nafaqa olib turaman.

 

* * *

 

Chukcha hamqishlog’iga dedi:

— Ishonasanmi, osmonda juda katta qush paydo bo’libdi. Odamlarni ko’tarib ucharkan.

— Nomi qanaqa ekan?

— Deltaplan.

 

* * *

 

Muxbir amaldorga dedi:

— Kechirasiz, sizdan intervyu olishga kelgandim.

— Bo’pti, o’sha intervyuingni yozib ertaga qabulimga kel, ko’rib beraman!

—   Marhamat, aka, o’zim bilan olib kelganman.

 

* * *

 

— Tramvay hali to’xtab ulgurmadi-ku! Nega eshikka o’zingizni urasiz?

— Men kasalxonaga shoshilyapman.

— — Ha-a, unda bemalol, sakrayvering!

 

* * *

 

Vrach mijozdan so’radi:

— Ayting-chi, o’g’lingiz haliyam duduqlanyaptimi? Yoki tuzalib ketdimi?

— Deyarli tuzaldi, do’xtir. Endi faqat gapirganda duduqlanyapti.

 

* * *

 

Bolakaydan so’rashdi:

— Nega buncha xursandsan?

— Uyimizga yuqori qavatdagilar suv toshirib yuborishdi.

— Shunga xursand bo’lish kerak ekanmi?

— Albatta!

— Nega?

— Kundaligim ham suvga cho’kib ketdi.

 

* * *

 

Xotin yotoqdan turib eriga qichqirdi:

— Dadasi, sizning tug’ilgan kuningizga zo’r sovg’a tayyorlab qo’ydim!

— Qani, ko’rsat-chi!

— Hozir, kiyib olay!

 

* * *

 

— Dadasi, sizni o’psam maylimi?

— Yo’q, seni shundog’am yaxshi ko’raman.

 

* * *

 

Er uyga mast bo’lib keldi-da, stolga mushtlab baqirdi:

— Bu uyda kim xo’jayin?

Xotini unga javoban qo’liga o’qlog’ oldi. Er uni ko’rib asta boshini qashidi-yu, dedi:

— So’rab ham bo’lmaydimi?

 

loading…