XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

EShAK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Eshak otlarning yaqin qarindoshi hisoblanadi. U otdan kallasi kattaligi va uzun quloqlari bilan farqlanadi.

2. Eshakning dunyoda o’ndan ortiq zoti bor.

3. Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, eshak otlardan ham oldinroq qo’lga o’rgatilgan. Dastlab u qadimiy misrliklar xonadonida paydo bo’lgan.

4. Eshak dunyoning qaeriga bormang, asosan yuk tashish maqsadlarida foydalanilayotganiga guvoh bo’lasiz.

5. Eshak juda qaysar hayvon sanaladi. Ammo qadimda ular alohida avtoritetga ega bo’lgan. Eshakni faqat boylargina uyida saqlagan.

6. Otlar uy hayvoniga aylangach, eshakka bo’lgan talab kamaydi. Uzoq vaqt ovqatsiz, suvsiz qolib ketadigan bo’ldi.

7. Eshak aslida u qadar tez chopmaydi. Lekin ayrim holatlarda eshak soatiga 70 km tezlikda yugurganiga ham ko’zingiz tushadi.

8. Ayrim davlatlarda, asosan Afrika qit’asida eshak sut, go’sht uchun boqiladi.

9. Antik davrlarda eshak suti sigir yoki echki sutidan ham qimmatliroq bo’lgan.

10. Qadimda eshak terisidan do’mbiralar yasashda keng foydalanishgan.

11. Yovvoyi eshaklar qomati va baquvvatligi bilan uy eshaklaridan farqlanadi. Ular asosan iqlimi quruq mamlakatlarda istiqomat qiladi.

12. Eshak qarindoshlik, mehr-oqibat masalasida manaman degan hayvonni ham quvib o’ta oladi. Agar bir necha kilometr uzoqlikda boshqa eshak hangraganini eshitib qolsa, arqonlanganiga qaramaydi. Arqonni uzib bo’lsa-da, o’sha yerga borib qarindoshi bilan salom-alik qiladi. Shundan keyingina joyiga qaytadi.

13. Eshak juda qasoskor hayvon. Uni behuda kaltaklasangiz, baribir o’ch oladi.

14. Aytishlaricha, mashhur Kleopatra o’z davrida faqat eshak sutida cho’milgan ekan.

15. Ma’lumot berishlaricha, Iso payg’ambar Ierusalimga eshakda tashrif buyurgan ekan.

16. Eshak degan nomga bu hayvon dastlab Fransiyada ega bo’lgan.

17. O’rta asrlarda Fransiyada eshak badavlatlik timsoli sifatida qadrlangan.

18. Agar yaxshilab boqsangiz, eshak tinmasdan bir kunda 10-12 soatlab ishlay oladi. Kerak bo’lsa, u o’z vaznidan bir necha barobar og’irroq yukni ham manzilingizga eltib beradi.

19. Eshak o’zining jismoniy holatini oldindan his etish qobiliyatiga ega. Agar mazasi qochishi mumkinligini sezsa, hayotda ishlamaydi.

20. Eshak uzoq muddat suvsiz yashab qola oladi.

21. Ayrim olimlar o’tkazgan tadqiqotlar eshak otga nisbatan aqlliroq ekanini ko’rsatgan.

22. O’rta asrlarda Yevropada xiyonatkor xotin, fohisha, jinoyatchilar albatta eshakka teskari mindirilib odamlarga ko’rsatib chiqilgan.

23. Eshak hech qachon ovqat tanlamaydi. Nima bersangiz, minnatdor bo’lib paqqos tushiraveradi.

24. Eshak tuyoqlari o’nqir-cho’nqir, toshloq joylarda yurish uchun moslashgan. Ularga taqa qoqish shart emas.

25. Yaxshi parvarish qilingan eshak uy sharoitida 30 yilgacha umr ko’radi. Ba’zi ma’lumotlarda 47 yil yashagan eshaklar ham qayd etib o’tilgan.

26. Eshak Amerikadagi demokratlar partiyasining timsoli hisoblanadi.

27. Urg’ochi eshakning homiladorlik davri 12-14 oy davom etadi. Urg’ochi asosan bitta ho’tikchani dunyoga keltiradi. Olti oygacha faqat o’zining suti bilan boqadi.

28. Egasi yaxshi parvarish qilsa, eshak hech qachon unga qarshi ish tutmaydi. Har bir buyrug’ini ado etadi. Zarurat tug’ilsa, o’zi yashaydigan uyni it, bo’rilardan ham qattiq turib himoya qiladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi