image0

Bugun, 3 may kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 dan boshlab 2024 yilda o‘ynalgan Green Card natijalarini tekshirish mumkin bo‘ldi. Natijalarni rasmiy sayt orqali tekshirish mumkin.

Dasturning 2026 yilgi mavsumiga 2024 yil 2 oktyabrdan 7 noyabrigacha arizalar qabul qilingan edi. Unga ariza topshirgan shaxslar dvprogramm.state.go veb-sayti orqali natijalarni bilib olishi mumkin. Lekin hozircha natijani tekshirish mumkin bo‘lgan saytda ommaviy tashriflar sabab uzilishlar kuzatilmoqda. AQSH DV-2026 Green Card uchun 55 mingta kvota ajratgan.

Green Card natijalari e’lon qilindi1

Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasi – AQSH hukumati tomonidan e’lon qilingan “DV Lottery” dasturi har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan minglab odamlarga AQSHga kelib yashash orzusini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini beradi. Kongress qarori bilan joriy etilgan “Turli millatlarga mansub immigrantlar viza dasturi E-DV” har yili Davlat Departamenti tomonidan boshqariladi. Immigratsiya va fuqarolik aktining (IFA) 203(s) bo‘limi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tarixan immigratsiya ko‘rsatkichi past davlatlardan bo‘lgan “turli millatlarga mansub immigrantlar” deb ataluvchi immigrantlar sinfini joriy etadi. Grin-karta odatda 10 yilga beriladi, unga ega bo‘lgandan so‘ng 5 yil o‘tgach, AQSH fuqaroligini olish uchun ariza berish mumkin.