image0 O‘zbekistonda qaysi hudud aholisi uzoq umr ko‘ryapti?1 north_east

2025 yilda O‘zbekistonda qancha odam vafot etishi prognoz qilindi

O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha Toshkent shahri aholisi yetakchilik qilmoqda. Poytaxtda ushbu ko‘rsatkich 76,8 yoshni tashkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mamlakatda 2024 yilda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi. Tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelgan (72,2 yosh).

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 76,6 yosh, Buxoroda 76,3 yosh, Jizzaxda 76 yosh, Navoiyda 75,8 yosh, Toshkent viloyatida 75,1 yosh, Samarqandda 74,8 yosh, Namangan va Xorazmda 74,6 yosh, Qashqadaryoda 74,4 yosh, Surxondaryoda esa 74 yoshni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, Andijon aholisining uzoq umr ko‘rish davomiyligi 73,7 yoshga teng.