* * *
Gitarachining ko’zlarini boylab qo’liga ilonni tutqazishdi-da, so’rashdi:
— Bu nima?
— Ovoz operatorimiz.
* * *
Kampir kalish sotib oldi. So’ngra dorixonaga kirsa, «Homiladorlikdan asrovchi vositalar» yozuvli chiroyli quti turibdi. Kalishni o’shaning ichiga soldi-da, chiqib ketdi.
Avtobusda bir yigit qutini ko’rib kuldi.
— Xola, shunchani nima qilasiz?
— E, bolam, cholimni bilmaysan. Buni u bir oygayam yetkazmaydi.
* * *
Bo’ri Qizil shapkachaning buvisi yoniga kirdi-da, so’radi:
— Xo’sh, seni nimaga qo’shib yesam ekan? Qaymoqqami, yo qatiqqami?
— Bo’rivoy, yaxshisi, meni televizorga qo’shib yeyaqol. Hozir serial boshlanay deb turibdi.
* * *
— Do’xtir, men o’layapman. Yordam berasizmi?
— Albatta yordam beraman.
* * *
Juhudning qarmog’iga ilingan oltin baliq undan so’radi:
— Juhudmisan?
— Ha.
— Iltimos, qovurib yeyaqol!
* * *
Yosh bola sigir sug’orayotganlarni ko’rib qoldi-yu, biroz o’ylab turgach, dedi:
— Ha-a, sutga suvni shunday yo’l bilan aralashtirisharkan-da!
* * *
Ona qurt sahroda o’rmalab ketayotib erini urishyapti:
— Siz mening uch yuz yillik baxtli hayotimni rasvo qildingiz!
* * *
— Xotin, men o’layapman!
— Nima qilay endi o’lsangiz? Dod solib yig’laymi?
— Yo’q, yaxshisi, menga «Seni osmonimga olib ketaman» degan qo’shiqni aytib ber!
* * *
Bir ayol har gal maosh olishda hisob-kitob qog’oziga imzo sifatida ikki chiziq qo’yardi. Oxirgi paytlarda nol qo’yadigan bo’ldi. Undan sababini so’rashganda, shunday javob berdi:
— Turmushga chiqdim va shu munosabat bilan familiyamni o’zgartirdim.
* * *
Eshik taqilladi.
— Kim u?
— Militsiya!
— Uyda hech kim yo’q.
— Unda kim gapiryapti?
— Radio.
— Nega uy chiroqlari yonib turibdi bo’lmasa?
— Hozir o’chirib qo’yaman.