XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ATIRGUL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Atirgul nomi eramizdan avvalgi 371-286 yillar oralig’ida yashab o’tgan botanika fani otasi Teofrast bilan chambarchas bog’liq. Aynan u atirgulga ilk bor «Yuz yaproq» deya nom bergan.

2. Dunyodagi eng keksa atirgullar 1000 yoshdan o’tgan. Ular Germaniyadagi Xildesxaym ibodatxonasi devorida qad rostlagan. Aytishlaricha, bu atirgullar shaharning barkamolligini asrash timsoli sifatida qadrlanarkan. Qizig’i, 1945 yili sobiq sovet qo’shinlari ibodatxonani bombardimon qilgandan keyin ham atirgullar ziyon ko’rmagan. Ular o’sishda, yashashda davom etgan.

3. Rim imperatorlaridan biri Neron o’z davrida mehmonlarning ustidan atirgul yaproqlarini sochishga odatlangan ekan.

4. O’rta asrlarda badavlat uy bekalari vannani atirgul yaprog’iga to’ldirib cho’milishni xush ko’rgan.

5. 17- asrda fransiyalik olim Semyuel de Shampleyn ilk bor Shimoliy Amerikaga atirgul olib kelgan.

6. Eng yirik tanaga ega atirgul Amerikaning Arizona shtatida qad rostlagan. Uning diametri 2 metrga teng. 8 kvadrat metrli shiyponchani to’liq yopib turadi.

7. Na’matak atirgulning yovvoyilashgan turi hisoblanadi.

8. Hozir ham atirgul yaprog’idan xushbo’y atirlar tayyorlashda keng foydalaniladi. Aytishlaricha, atirgul moyi salomatlikni mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etarkan.

9. Hozirgi kunda har yili dunyo bo’yicha 150 milliontadan ortiq atirgul sotib olinadi.

10. Atirgulning xushbo’y hidi odamga havo yetmayotgan paytda katta yordam bera oladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…