* * *
Erkak qayoqqadir shoshilyapti. Lekin mashinasini qo’yishga joy yo’q. Hammayoq band. U kutilmaganda ko’kka boqib dedi:
— Xudoyim, menga mashinamni qo’yish uchun bo’sh joy topishda yordam ber! Yordam bersang, ishontirib aytamanki, ichishni tashlardim!
Shu tobda darhol bo’sh joy paydo bo’ldi. Erkak ko’kka bir qarab oldi-da, dedi:
— Mayli, rahmat, kerakmas, o’zim topdim.
* * *
Qassobga doimiy mizojlardan biri kelib dedi:
— Nevara ko’ribsiz. Tabriklayman! Aytgancha, necha kilo tug’ildi nevarangiz?
— Suyagi bilan qo’shib hisoblaganda, ikki kilo-yu, to’rt yuz gramm.
* * *
Xotin erini uyg’ota boshladi:
— Nima bo’ldi? Nega uyqu orasida baqirdingiz?
— Tushimda Adolatxon cho’kayotganmish.
— Kim u Adolat?
— E, sen tanimaysan. O’zim ham tushimda tanishdim.
* * *
— Og’ayni, yaqinda odam oyog’i yetmas orolga dam olishga boraman. Besh yildan beri bormagandim o’ziyam.
— Xotining rosa xursand bo’lsa kerak-a?
— Bo’lmasa-chi? Axir, o’sha orolda besh yildan beri meni kutyapti. Sog’ingandir.
* * *
O’quvchi qiz dars tayyorlayapti. Quyidagi savolga duch keldi:
— Kalladan tanani nima ajratib turadi?
Qizcha o’ylab o’tirmay, javob yozdi:
— Bolta-da, albatta, bolta!
* * *
Yotoqxonaga qaytgan talaba qiz dugonasining yig’layotganini ko’rib so’radi:
— Nima bo’ldi?
— Ota-onamga kompyuterga pul yuboringlar degandim.
— Yuborishmadimi?
— Yuborishdi. Faqat pulmas, kompyuter yuborishdi.
* * *
Avtoustaxonaga pachog’i chiqayozgan mashinada bir erkak kelib ustadan so’radi:
— Shu shaldiroq aravaniyam nimadir qilsa bo’ladimi?
— Bo’ladi. Old va orqa bamperlarni olib tashlab, o’rtasiga yangi mashina qo’yish kerak.
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Yaqinda uylandim. Har kuni uni qo’llarimda ko’tarib yuraman. U esa bilasanmi nima dedi?
— Nima dedi?
— «Zagsdan o’tdik-ku, bo’yningizga mina qolay» deydi-ya!
* * *
Bolakay buvisidan so’radi:
— Nega hamma bolalar shifoxonalarida Aybolitning surati yopishtirilgan bo’ladi? U veterinar-ku!
— To’g’ri, lekin bolalarni laylak olib kelishidan xabaring bor-ku! Laylaklarniyam o’sha Aybolit bobo davolaydi-da!
* * *
— Voy, dugonajon, yangi yubka olibsanmi? Muborak bo’lsin!
— Bu yubkamas, fata.
— Ie, nega unda boshingga kiymading?
— Chunki turmushga chiqayotganimda, kallamni ishlatmagan ekanman.