Xitoyning Lyaonin viloyatiga qarashli Shenyan shahrida yashovchi Tu Tu ismli qiz tili yordamida ko’plab fokuslar ko’rsatdi. Birinchi fokusi suv to’la stakanni tili yordamida tutib turish bo’ldi. Keyin u koka-kola hamda apelsin ichimligi to’ldirilgan stakanlarni ham tili yordamida ma’lum vaqt ushlab tura oldi. Oxirgi fokusi esa og’irroq edi. Lekin uddaladi. U tili bilan burnining ustki qismini yalay olib, tomoshabinlarni lol qoldirdi.
Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan eng uzun til amerikalik Nik Stoulberlga tegishli. Tilining uzunligi 10, 1 santimetrga teng. Ayollar orasida esa 2010 yili Shanel Tapper ismli ayol uzunligi 9, 75 santimetr til bilan jahon rekordini o’rnatgan.
Nepalda yashovchi Yahyo Bahodir Katuval ismli yigitning ham tili juda uzun. U tili bilan o’z peshonasini bemalol yalab ko’ra biladi.
lenta. ru