* * *

Evreydan so’rashdi:

— Tasavvur qiling, beshta olmangiz bor. Shularning yarmini do’stingizga bersangiz, o’zingizda nechta olma qoladi?

— Beshta.

* * *

Yigit xunuk bir qiz bilan liftda qamalib qoldi.

Qiz:

— Menga qarang, agar tegajog’lik qilsangiz, baqiraman!

Yigit:

— Men ham.

* * *

Sudya ayblanuvchiga dedi:

— Tabriklayman! Siz sudimiz tarixidagi o’n minginchi jinoyatchisiz. Shu munosabat bilan mukofot sifatida sizga bir imkoniyat beraman. Jazoni qaysi turmada o’tashni o’zingiz hal qiling. Xo’sh, qaysi turmada jazoni o’tamoqchisiz?

— Ayollar turmasida.

* * *

Beshinchi sinf o’quvchisi otasiga dedi:

— Oyim meni ikki marta kaltakladi.

— Qachon? Nega?

— Birinchi marta unga «Ikki» baho qo’yilgan kundaligimni ko’rsatganim uchun kaltakladi.

— Ikkinchi marta-chi?

— O’sha kundalik o’ziniki ekanini bilib qoldi.

* * *

— Bilasanmi, DAN xodimlari keyingi paytda umuman hushtak chalmaydigan bo’lib qolishdi.

— Uyalishyaptimikan?

— Yo’q, «hushtak chalsa, cho’ntakka pul tushmaydi» degan aqidaga amal qilishayapti.

* * *

Xotin eriga dedi:

— Anavi yo’lning narigi chetidagi qo’shnilarga hech qachon yeta olmasak kerak. Qarang, ularning uyini o’g’rilar ikki marta o’marib ketishdi. Biznikiga bo’lsa, hali bir martayam o’g’ri tushgani yo’q.

* * *

Direktor yordamchisi lavozimiga ishga kirayotgan erkakdan so’rashdi:

— Tasavvur qiling. Ikki kishilik mashinada ketayapsiz. Yo’lda uch yo’lovchi sizni to’xtatib, olib ketishni iltimos qildi. Ularning biri rahbaringiz, ikkinchisi o’rta yashar ayol, uchinchisi yosh qiz. Qanday yo’l tutardingiz?

— Mashinadan tushib kalitni rahbarimga berardim va o’rta yashar ayolni olib ketishini iltimos qilardim. O’zim esa, yosh qiz bilan qolardim.

* * *

Ikki ekstrasens uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisidan so’radi:

— Xo’sh, mening ishlarim qalay?

* * *

Katta ko’chada bir bolakay yig’lab turardi. Militsioner kelib so’radi:

— Nega yig’layapsan?

— Adashib qoldim.

— Uy manzilingni bilasanmi?

— Ha.

— Qani, ayt-chi!

— Dada. Oyi. Ru.

— Ie, g’alati ekan-ku manziling!.. Isming nima o’zi?

— Adminstrator.

* * *

Teatr. Tomoshabinlar o’z joylarini egallashmoqda. O’rindiqlardan birida erkak oyoqlarini qo’shni o’rindiqqa, qo’llarini yana boshqa bir o’rindiqqa qo’yib olgancha o’tirardi. Joy egasi kelib dedi:

— Kechirasiz, bu joy meniki edi. Oyoq-qo’llaringizni yig’ishtirib olasizmi?

Jimlik.

— Menga qarang, joyni bo’shating!

Jimlik.

Joy egasi uning yoqasidan g’ijimlab baqirdi.

— Vey, eshityapsanmi? Joyni bo’shat dedim! Qaerdan kelib qolding o’zi sen yaramas?

Erkak sekin ko’zlarini ochdi-da, bazo’r shivirladi.

— Balkondan tushdim…

Olimjon HAYIT tayyorladi