* * *
Yigit qizga dedi:
— Yur, biznikiga borib choyxo’rlik qilamiz!
— Istamayman.
Yigit uzoq vaqt yalingach, qiz rozi bo’ldi. Ular dorixona yonidan o’tib borishayotganda qiz dedi:
— Yuring, dorixonaga kirib chiqaylik!
— Nega?
— Choyga qo’shib ichishga biror narsa olardik.
* * *
Endigina harbiy bilim yurtini tugatgan leytenant xizmat boshlashi kerak bo’lgan harbiy qismga kelib komandirga raport berayapti:
— O’rtoq polkovnik! Leytenant Kurochkin xizmatni boshlash uchun yetib keldi!
— Tanishib qo’yaylik, leytenant! Men polkovnik Kuroedovman!
* * *
Keksa baliqchi qarmoqni daryoga bir tashladi, oltin baliq tutib oldi. Ikki tashladi, yana oltin baliq tutib oldi. Qarmoqni uchinchi marotaba tashlaganda esa ulkan qayiq ilinib chiqdi va baliqchi qonunbuzarlarga qarshi kurashuvchi xizmat xodimlarining uchta tilagini bajarishga majbur bo’ldi.
* * *
Bo’ri echki kiyimini kiydi-da, echkilar yashaydigan uy oldiga kelib eshik ortidan qichqirdi:
— Echkichalarim! Bolajonlarim! Onangiz sizlarga sut olib keldi!
Echki bolalari ichkaridan turib baravariga baqirishdi:
— Vey, itdan tarqagan! Nega yolg’on gapirasan-a? Onamizni yaqindagina non olib kelish uchun do’konga jo’natganmiz!
* * *
Bemor jon berish arafasida. Hamshira unga achinib tikilib turgach, bosh vrachga dedi:
— Balki klizma qilarmiz-a?
— E, narigi dunyoda baribir hojatxonaga bormaydi.
* * *
Jarroh ziyofatda so’z oldi:
— Biz vrachlarning dunyoda dushmanlarimiz ko’p!
Stol atrofida o’tirganlardan biri gap qistirdi:
— Ayniqsa, narigi dunyoda…
* * *
Xotin eridan so’radi:
— Telefonimizga bir balo bo’lganmi? Dugonam bilan yarim soat gaplashdim, lekin birontayam gapini tushunganim yo’q.
— Sizlar navbati bilan gapiringlar, tushunasan!
* * *
Aytishlaricha, dunyoda eng baxtli, hamma narsasi yetarli ayol ham kunlarning birida o’zicha o’ylarkan:
— Eh, atirgullarni judayam sevaman! Lekin erim qachon qarasa, boychechak sovg’a qiladi-ya!
* * *
Nikoh bu xuddi baland devorli qal’aga o’xshaydi. Tashqarida turgan odam bir umr ichkariga kirishni, ichkarida turgani esa, tashqariga chiqishni orzu qiladi.
* * *
— Menga qara, tasavvur qilaylik, xotining protivogaz kiyib olgan bo’lsa, u bilan birga uxlash senga yoqadimi?
— Albatta.
— Sabab?
— Birinchidan, u gapirmaydi. Ikkinchidan, men uning basharasini ko’rmayman. Uchinchidan, mabodo protivogazning teshikchasini sekin yopib qo’ysam, o’zi qimir-qimir qilib bo’ynimga osila boshlaydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi