USMONIYLAR IMPERIYaSINING ENG SO'NGGI YILLARDA TUG'ILGAN ShAHZODALARI…

1. UMAR FARRUX

Oxirgi xalif Abdulmajid 2- ning o’g’li. Shahzodaning onasi Shohsuvor kavkazlik edi. Umarning ikki qizi bo’lgan. Ikkinchi qizi tug’ilgan yili usmoniylar imperiyasi tanazzulga yuz tutdi va ular Nissaga jo’nab ketishga majbur bo’lishdi. Quvg’inda shahzodaning uchinchi qizi dunyoga keldi. Uch qiz keyinchalik shahzodaga uch nafar o’g’il nabira hadya etdi. Nabiralardan biri kelgusida yana bir o’g’il chevara tortiq etdi.

USMONIYLAR IMPERIYaSINING ENG SO'NGGI YILLARDA TUG'ILGAN ShAHZODALARI…

2. MAHMUD ERTUG’RUL AFANDI

Usmoniylar podshohi Mahmud Vohididdinning yolg’iz o’g’li. Onasi Shodiya abxaziyalik edi. Mahmud Vohididdinning uchinchi xotini bo’lgan. Otasi imperiya taxtini egallaganda, Mahmud Ertug’rul Afandi 6 yoshda edi. Hali go’dakligiga qaramay, peshonasida jahon urushidagi mag’lubiyatlar, imperiya ichdan darz ketish jarayoniga guvoh bo’ldi. 10 yoshga kirganda, otasi bilan Misrga qochib o’tishga majbur bo’ldi. Mahmud Erto’g’rul Afandi umri davomida farzand ko’rmagan.

USMONIYLAR IMPERIYaSINING ENG SO'NGGI YILLARDA TUG'ILGAN ShAHZODALARI…

3. MAHMUD ZIYoVIDDIN

Sulton Mahmud Rishodning uch o’g’li bor edi. Shubhasiz, ular boshqa-boshqa xotinlaridan tug’ilgan. Masalan, Ziyoviddinning onasi Kamuras ikki o’g’ilni dunyoga keltirdi. Ziyoviddin esa podshohning to’ng’ich farzandi hisoblangan. Ukasi Mahmud Najmiddin undan uch yosh kichik edi. Lekin go’dakligida o’lib ketgan.

USMONIYLAR IMPERIYaSINING ENG SO'NGGI YILLARDA TUG'ILGAN ShAHZODALARI…

Rishod usmoniylar imperiyasining qonuniy podshosi sifatida 9 yil taxtda o’tirgan. O’z ajali bilan olamdan o’tgan. Ziyoviddin tibbiyot sohasini tanlab, teri xastaliklari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lib yetishdi. Otasi usmoniylar taxtiga o’tirganda, Ziyoviddin 36 yoshda va to’rt farzandning otasi edi. Hammasi bo’lib Ziyoviddin 8 farzand ko’rgan. Ammo ularning ikki nafarigina yashab qolgan. Masalan, Ziyoviddinning bir o’g’li Mahmud Nozim quvg’indan keyin yana Istambulga qaytib kelgan. Shu yerda uylanib, uch o’g’illi bo’ldi. To’ng’ichi Jangiz Nozim Amerikada yashab o’tgan va bir necha yil burun vafot etdi. Ikkinchi o’g’li Umar Fevzi Iordaniyaga qochib o’tgan. Qizlarining biri Duriya 17 yoshida, hali quvg’inga uchramay turib yorug’ dunyoni tark etgan. Ikkinchi qizi Ruqiya esa 21 yoshida Budapeshtda vafot etgan. To’ng’ich qizi Boyxon onasi bilan Misrda yashab qoldi. Qolgan farzandlari Livan, Saudiya, Iordaniyaga ketib jon saqlashgan. Kenja qizi Mehrimoh 2000 yili 76 yoshida dunyodan o’tdi.

4. UMAR XILMIY

Podshoh Rishodning kenja o’g’li. Onasi Mehringizning kelib chiqishi kavkazliklarga borib taqaladi. Umar birinchi xotinidan bir o’g’il, bir qiz ko’rgan. Ikkala farzandi ham Istambulda tug’ilgan. Qizi Amina quvg’indan so’ng oradan ma’lum vaqt o’tib Istambulga qaytgan. O’g’li Mahmud Namiq esa Misrda yashab qoldi. Quvg’inga uchrashgach, hech qancha o’tmay, Umar Xilmiy shol bo’lib, o’n yil qimirlamay to’shakda yotib qoldi. Shu ko’yi olamdan o’tdi.

USMONIYLAR IMPERIYaSINING ENG SO'NGGI YILLARDA TUG'ILGAN ShAHZODALARI…

5. MAHMUD ABDULQODIR

Usmoniylarning mashhur va oxirgi sultonlaridan biri Abdulhamid 2- ning o’g’li. Shahzodaning onasi Bedor sulton Abdulhamidning to’rtinchi xotini bo’lib, kelib chiqishi kavkazliklarga borib taqalgan. Mahmud Abdulqodir o’smir yoshidayoq otliqlar polki komandirligiga tayinlangan. Bolalikdan skripka chalishga qiziqib, kelgusida ajoyib musiqachiga aylandi. Quvg’inga uchrashgach, Budapeshtdan panoh topib, o’sha yerda ko’chalarda skripka chalib tirikchiligini o’tkazgan. Ikkinchi jahon urushida fashistlar bombasidan qochish jarayonida infarktga uchradi va 66 yoshida olamdan o’tdi. Shahzodaning olti farzandi bo’lgan. Ayniqsa, to’ng’ich o’g’li Mahmud O’rxon 9 ta tilda bemalol gaplasha olgan. Aynan u quvg’in vaqtida sulolasini boshqargan.

USMONIYLAR IMPERIYaSINING ENG SO'NGGI YILLARDA TUG'ILGAN ShAHZODALARI…

Ikkinchi o’g’li Najib Ertug’rul esa avstriyalik, uchinchi o’g’li Oloviddin Qodir bolgariyalik qizga uylanishgan. To’ng’ich qizi Bedor olti oyligida vafot etgan. Kenja qizi Savfet keyinchalik Istambulga qaytdi.