Tosh ostidagi xazina

Xitoyda hokimlardan biri asosiy yo’l ustiga katta tosh qo’yib yo’lni to’sib qo’ydi. Tosh yaqinidagi daraxt ortiga bir poyloqchi qo’yib, odamlarning gaplarini yetkazishni buyurdi. Birinchi o’tgan kishi shaharning eng katta savdogari bo’ldi. Toshni ko’rib, qoshini chimirdi. Toshni kim qo’ydirganini bilmagan holda ovozini baland qilib tanqid qila ketdi. Toshni aylanib o’tib, bu ishni qilganni jazolash kerak, shikoyat qilaman, deb yo’lida davom etdi.

Ikkinchi odam o’tdi. U muhandis edi. Savdogar kabi baqir-chaqir qildi. Lekin uning ovozi biroz pastroq edi.

So’ngra o’zlari haqida gaplashib kelayotgan uchta do’st tosh oldida to’xtadi. Yo’l ustiga tosh qo’ygan odamni tentak, ahmoq, esipast, deb haqorat qilishdi… So’ng uylariga qaytdilar. Oradan ikki kun o’tdi. Ittifoqo, shu yo’ldan bir oddiy dehqon o’tib qoldi. Toshni ko’rdi-yu, biror og’iz gap aytmadi. Yengini shimarib, atrofdagi odamlarni yordamga chaqirib, toshni bir chekkaga surib qo’yishdi. Qarasalar, tosh tagida kovlangan chuqurda sandiq turibdi. Sandiq ichida bir bo’lak oltin turardi. Uning yonida parcha qog’ozga ushbu satrlar yozib qo’yilgandi: «Hokimdan ushbu toshni chetga olgan kishiga! Bu mukofot mushkul ishdan shikoyat qilmay, unga ijobiy yondashgan kishi uchundir.

Muhammadquddus ABDUHALIMOV

Tosh ostidagi xazina
loading…