Bu qiziq

Qalblarni larzaga solgan maktub (butun internet foydalanuvchilarini o’ylantirib qo’ygan noma)

Комментариев нет

Singapurdagi maktab direktori o’quvchilarning ota-onalariga butun internet foydalanuvchilarini o’ylantirib qo’ygan maktubni bitdi. Unda rahbar hattoki eng qaysar ota-onaning qalbiga yo’l topa oluvchi juda muhim haqiqatlarni bayon qilgan. All Singapore Stuff nashri ana shu xatni taqdim etdi.

«Qadrli ota-onalar, tez kunlarda farzandlaringizning imtihonlari boshlanadi. Ularning imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tishlaridan xavotirda ekanligingizni yaxshi bilaman.

Biroq, iltimos, yodingizda bo’lsin: bu imtihonda o’quvchilar orasida matematikani batafsil tushunish zarurati bo’lmagan rassom, tarix va adabiyot fanlariga ehtiyoji yo’q tadbirkor, kimyo fani kerak bo’lmagan musiqachi, shuningdek fizikadan ko’ra jismoniy tarbiya fani muhim ahamiyat kasb etuvchi sportchi bo’ladi.

Farzandlaringiz yaxshi baho olishsa, juda yaxshi, albatta. Biroq siz kutganingizdek bo’lmasa, ularni o’ziga bo’lgan ishonch hissidan mahrum qilmang.

Bolalarga hammasi yaxshi, bu shunchaki imtihon ekanini ayting. Ular hayotda undanda ahamiyatli narsalar uchun yaralishgan.

Iltimos, shunday qiling va ularning dunyoni zabt etishini kuzating. Birgina imtihon yoki past baho ularning orzusi va iste’dodini olib qo’ymaydi.

Eng ezgu tilaklar bilan, maktab direktori».

Qalblarni larzaga solgan maktub (butun internet foydalanuvchilarini o'ylantirib qo'ygan noma)
loading…

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Kalla ishlamasa ham qiyin-da… (video)
Kosonsoydagi maxluqni ushlashibdi… Maxluq 6 yildan beri san’at institutiga o’qishga kirolmayotgan abiturient ekan… (Video)
Меню