Tojikistonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochiladi

Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy rasmiy tashrif bilan 2023 yil 8-9 iyun kunlari Tojikistonga keladi.

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Shohin Samadiy ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, mamlakat Diniy qo’mitasi ushbu tashrif doirasida poytaxtdagi eng katta masjid ochilishini tasdiqlagan.

“Ikki tomonlama sarmoya evaziga qurilgan yangi masjid Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirokida ochiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Dushanbedagi Markaziy masjid joriy yilning yozida ochilishi haqida xabar berilgandi.

Tantanali marosim 2023 yil iyun oyining birinchi o’n kunligida bo’lib o’tadi.

Ochilish marosimida Saudiya Arabistonidan delegatsiya ham ishtirok etadi.

Eslatib o’tamiz, ushbu binoning poydevori 2009 yil oktyabr oyida qo’yilgan bo’lib, qurilishi 2011 yil oktyabr oyida boshlangan.

Yangi masjid 2019 yilda to’liq qurilib, ochilishga tayyor bo’lgan, biroq koronavirus pandemiyasi va Qatar amirining kelishi kutilayotgani sababli bir necha bor qoldirilgan edi.

Markaziy Osiyoda eng katta bo’lishi kutilayotgan masjid har birining balandligi 75 metrli 4 ta minora va 47 metrli gumbazdan iborat. Masjidga 120 mingga yaqin kishi o’z ibodatini ado eta oladi.