Aholisining asosiy qismi buddaviylik diniga e’tiqod qiladigan ayrim mamlakatlarda, masalan, Tailandda inson boshi muqaddas hisoblanadi, go’yoki ruh shu a’zoda joylashgan ekan. Shuning uchun bu yerda odamlarning boshini silash, umuman qo’l tekkizish katta haqorat sanaladi. Shunga o’xshash noodatiy odatlardan biri malayziyaliklarda keng tarqalgan. Agar siz bu yerda u yoki bu narsani barmoq bilan ko’rsatib, aniqlik kiritmoqchi bo’lsangiz, kulgi ichida qolasiz, chunki Malayziyada ayni shu belgi mushaklar shishirilgan holatni ifodalar ekan.
Filippinliklarda g’alati odat mavjud. Ular u-bu narsalarni ko’rsatishganda lablar va ko’zlari bilan imo-ishora qilishadi.
Izohlarni ko`rish